O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 80,98 Kb.
səhifə3/4
tarix07.04.2022
ölçüsü80,98 Kb.
#115190
1   2   3   4
Angidrit giltuproqli sement ishlab chiqarish korxonasini loyixalash

Texnologik qism

kilinkeri olinadi. Sanoatda keramzit shag’ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi.

Gilning ko’pchishi ikkita jarayonga bog’liq gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o’tishidir. Gaz ajralishi - bu temir oksidlarining organic moddalar bilan birikishidan keying qaytarilish reaksiyasi bo’lib birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog’liq.

Gilning piroplastik holatga o’tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo’lishidir. Natijada gil yumshaydi, plastic deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko’pchiydi va natijada gaz o’tkazmaydigan materiakga aylanadi.

Giltuproqli sement ishlab chiqarishda homashyo sifatida cho’kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Homashyo material sifatida metamorfik tog’ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slaneslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organic qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Gil minerallari gil moddalaridan iborat bo’ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko’p gil moddalar bo’lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit sihlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ulaCrning tarkibida 30% gacha kvars mavjud bo’ladi. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3-12% gacha(ba’zida 20% gacha), Fe2O3+FeO-10% gacha, organik qo’shimchalar 1-2% mavjud bo’lishi kerak.

Giltuproqli sement ishlab chiqarishda u yoki bu gil hom ashyosining yaroqli ekanligi himashyo hususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.

Gil homashyosiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:

Birinchi talab, bu gilning kuydirishda ko’pchishidir. Gilning ko’pchishi-ko’pchish koeffitsienti bilan harakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:

,

bu yerda: Vk-ko’pchigan giltuproqli sement klinkeri hajmi;

Vc-pishirishdan oldingi giltuproqli sement hajmi.

Ko’pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:



bu yerda: pc – giltuproqli sement klinkeri zichligi;

pk – ko’pchigan giltuproq granulasining zichligi;

Пn – quruq hom granulaning pishirishdagi massa bo’yicha yo’qotishi, %

Giltuproqli sement ishlab chiqarishda gil homashyosining ko’pchish koeffitsienti 2 dan kam bo’lmasligi (3-4 bo’lsa yaxshi) kerak.

Gil homashyosiga qo’yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson eruvchanlgidir, ya’ni homashyoni kuydirish 1250˚C dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada hom gil granulasi ko’pchimaydi.

Gil homashyosiga qo’yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko’pchish intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko’pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko’pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo’lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi.


Yüklə 80,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin