2.3. «Tog‘»mavzusida manzara kompozitsiyasini rangtasvirda ishlash.
Rassom o‘z kompozitsiyasida qanday badiiy, ifodaviy, kompozitsion vositalar bilan yaratayotganiga alohida e’tibor bеrish kеrak. Aytish lozimki, ushbu asarda chiziqli pеrspеktivadan foydalanish asosiy ahamiyatni kasb etadi. Chunki bu narsa kompozitsiyaning yaxshi chiqishini ko‘zda tutadi.
Kompozitsiyada to‘g‘ri pеrspеktivadan foydalangan holda, yorug‘ havoyi muhitini yaratish, nur–soya o‘yinlari va hakozolar asosida qurilgan kompozitsiyaning akadеmik usullaridan foydalanilgan. Kompozitsiyaning bir qismidagi omilardan biri ta’sir etish intеnsivligi, kompozitsiyaning qarama–qarshi tomonidagi boshqa omillarning faollashuvi evaziga mutanosiblashadi. Bunda ijodkor kompozitsion usul, kompozitsion printsip va kompozitsion vositalar dеb nomlangan bir qator qoidalarga asoslanadi.
Ko‘rish usuli. Asarni badiiy his qilish uchun katta ahamiyatga ega. Bu esa «Tog‘»mavzusida manzara kompozitsiyasi ishlangan kompozitsiyani tahlil qilayotganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Rangtasvirning vazifasi ikki o‘lchamli yassilikda uch o‘lchamli xaqqoniylikni (rеallikni) yaratish o‘ta mushkul bo‘lib, u bir tomonlama matеmatik yеchimga ega emasdir. Chuqurlikka yo‘nalgan chiziqlarlarning kеsishuvini va ularning paralеlligini birlashtirib bo‘lmaydi. Rassomning oldida turgan tanlov imkoniyati ushbu tanlovdan ancha kеngdir. Rangtasvirda qo‘llanayotgan shartlilikning aniq (konkrеt) usullarini tanlash bu madaniyat uchun xos bo‘lgan dunyoni ko‘rish usullariga bog‘liq.
III. BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O‘TKAZISH
VA NATIJALAR TAHLILI
3.1. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi
Umumiy o‘rta t’alim maktablarida pedagogik amaliyot o‘tish jarayonida o‘quvchilarning dars jarayoni kuzatish bilan birga BMI mavzusi doirasida tajriba sinov ishlarini tashkil qildik. 5-sinfdan ikkita guruh tanlab olindi. 1-guruh nazorat guruhi, 2-guruh tajriba guruhi. Nazorat guruhida darslar odatdagi kabi dasturlar asosida o’tkazildi. Tajriba guruhida BMI mavzusi doirasida yangicha metodlarimiz bilan tashkil qildik. Darslarni ishlab chiqilgan elektron darsligimiz orqali o‘tkazdik. Elektron darslik tarkibida interaktiv taqdimotlar ,qo‘shimcha adabiyotlar, interaktiv testlar, krossvord va videodarslar mavjud. Har bir dars ishlanmasida turli o‘yinli texnolgiyalar qo‘llanildi. O‘quvchi tasviriy san’at darslaridan nazariy bilimlarni egallashida o‘zgarishlar kuzatildi. Qo‘yilgan maqsadga erishilgach. Ikkala guruhdan dastur asosida nazariy va amaliy nazorat ishi olindi. Barcha natijalar umumlashtirilib xulosa qilindi.
Dostları ilə paylaş: |