O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 426,67 Kb.
səhifə1/15
tarix18.06.2022
ölçüsü426,67 Kb.
#117020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O`rozboyeva Kamola 204- guruh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti
Biologiya (turlari bo`yicha) yo`nalishi
204-guruh talabasi
O`rozboyeva Kamolaning
“Zoologiya” fanidan
“Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot sikli” mavzusidagi


KURS ISHI

Tekshirdi: phD Elmuratova Z.


Bajardi: O`rozboyeva K.

Toshkent-2022



Mundarija
Kirish…………………………………………………………………..3
I BOB Yassi chuvalchanglar - (Plathelminthes) tipi.…………….…4
1.1 Yassi chuvalchanglar tipi umumiy tavsifi………………..…..4
1.2 Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi………………..…6
1.3 So`rg`ichlilar (Trematoda) sinfi …………………………….10
1.4 Monogeniyalar (Monogenae) sinfi…………………………..14
I bob bo`yicha xulosa……………………………………………19
II BOB So`rg`ichlilar sinfi vakillarining rivojlanish sikli………….20
2.1 So`rg`ichlilar sinfining ko`payishi va rivojlanishi………......…20
2.1 Jigar qurtining ko`payish va rivojlanish bosqichlari…………...22
2.2 Mushuk ikki so`rg`ichlisining ko`payishi va rivojlanishi………28
II bob bo`yicha xulosa……………………………………………….30
Yakuniy xulosa…………………………………………………..……31
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...32

Kirish
Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o'rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar, ya'ni chuvalchanglar tabiatda eng ko'p tarqalgan hayvonlar guru-hini tashkil qiladi. Ularning ko'pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holda yashay-di. Shu bilan bir qatorda o'simliklarning to'qimalarida, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham oz emas. Skoletsidalar katta tipi o'z navbatida yassi chuvalchanglar, tikan-boshlilar, to'garak chuvalchanglar, nemertinlar va halqali chuvalchanglar tiplariga bo'linadi.
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. Yassi chuvalchanglar tipida 9000 dan ortiq turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi va to'garak chuvalchanglar tipida 3000 dan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Halqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Jinsiy voyaga yetgan parazit chuvalchanglar, ya'ni gelmintlar asosan umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Ulaming ko'pchiligi endoparazitlar, ya'ni hayvon-larning turli ichki organlarida parazitlik qiladi.
Gelmintlar rivojlanish sikliga ko'ra biogelmintlar va geogelmintlarga bo'linadi. Biogelmintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo'shimcha xo'jayinlar ishtirok etadi (barcha so'rg'ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari).
Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo'jayinlarsiz to'g'ridan-to'g'ri rivojlanadi. Askarida, ostritsa, trixotsefala va boshqa nematodalar shular jumlasidandir.

Yüklə 426,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin