O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-rasm. Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari



Yüklə 426,67 Kb.
səhifə6/15
tarix18.06.2022
ölçüsü426,67 Kb.
#117020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O`rozboyeva Kamola 204- guruh

3-rasm. Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari
a) ovqat hazm qilish organlari: 1-og’iz so’rg’ichi va og’iz; 2-halqum; 3-qorin so’rg’ichi; 4-tarmoqlangan ichak; b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-markaziy ayirish kanali; 3-ekskretor teshik.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo'lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo'ylama nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko'ndalang nerv tolalar bilan qo'shilgan. Bo'ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan.
Sezgi organlari voyaga yettan davrida rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko'zchalari-teri retseptorlari bo'ladi. Endoparazitizmga o’tish tufayli ko’zlari yo’qolgan (4-rasm).

4-rasm. Fasciola hepaticaning nerv sistemasi va jinsiy organlarining tuzilishi:
a) nerv sistemasi: 1-halqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv tomirlari; 3-komissuralar; b) jinsiy organlari: 1-urug’donlar; 2-sariqdon yo’li; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug’ qabul qilgich; 6-tuxumdon; 7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug’ yo’li; v) 1-urug’donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug’ qabul qiluvchi; 6-tuxumdon; 7-bezlar; 8-qo’shilish organlarining xaltasi(sumkasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug’ yo’llari.
Tremаtodаlаrning ko’pchiligi germofrodit bo’lib, ulаrning jinsiy orgаnlаr sistemаsi judа murаkkаb tuzilgаn. Tremаtodаlаrning urg’ochilik jinsiy аppаrаti bittа tuxumdondаn iborаt. Bu tuxumdondаn tuxum yo’li chiqаdi vа u kichkinа xаltаchа ootipgа qushilаdi. Ootip judа ko’p mаydа bezchаlаr bilаn o’rаlgаn. Bu bezlаr ootip аtrofidа Melis tаnаchаsi hosil qilаdi.
Erkаklik jinsiy orgаni bir juft urug’dondаn (endopаrаzitlаrdа) ektopаrаzitlаrdа urug’dаn bittа yoki ko’p bo’lishi mumkin urug’donlаrdаn ikkitа bo’lsа ulаrdаn ikkitаsi urug’ yo’li chiqаdi ulаr bir-biri bilаn qo’shilаdi vа kengаyib, urug’ pufаgi hosil qilаdi. Urug’ pufаgi esа ingichkаlаshib, urug’ to’kuv kаnаligа аylаnаdi bu kаnаl qo’shilish orgаni, ya’ni sirrus ichidаn o’tаdi. Sirrus tаshqаrigа teskаrisigа og’dаrilib chiqishi hаm mumkin.


Yüklə 426,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin