O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans



Yüklə 426,67 Kb.
səhifə9/15
tarix18.06.2022
ölçüsü426,67 Kb.
#117020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O`rozboyeva Kamola 204- guruh

6-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans: 1-og'iz teshigi, 2-bezlari, 3-kopulyativ organi, 4-ichagi, 5-to'rtta avlod embrionlari, 6-tuxum, 7-tuxumdon, 8-urug'don, 9-yopishuv diskining asosiy ilmoqlari, 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari.

Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan, ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik il-moqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi.


Agar lichinka itbaliqda voyaga yetmasa, o'sha itbaliq baqaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga ko'chadi va shu yerda jinsiy voyaga yetib ko'payadi, ya'ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o'pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joy dan kloaka orqali siydik pufagiga ko'chib o'tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko'p so'rg'ichliga aylanadi. U o'sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi. Demak, baqa ko'p so'rg'ichlisining hayot sikli xo'jayini - baqaning hayot sikli bilan bog'liq, ya'ni baqa ko'p so'rg'ichlisi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga yetadi.
Shunday qilib, baqa ko'p so'rg'ichlisi rivojlanishi davomida jabralar ektoparaziti holatidan qovuq endoparaziti holatiga o'tadi. Monogeniyalar ichida ko'pchiligi o'z-o'zini urug'lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o'z-o'zini urug'lantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan, monogeniyalardan spaynik turi yosh davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so'rg'ichlari orqali bir-biriga yopishib olib birining urug' yo'li ikkinchisining tuxum yo'liga ochiladi. Natijada ular bir-birini urug'lantiradi.
I bob bo`yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda yassi chuvаlchаnglаrning umumiy xususiyatlаri quyidаgilаrdаn iborаt:
1. Nomi ko’rsаtib turgаndеk judа ko’p yassi chuvаlchаnglаr gаvdаsi orqа-qorin (dеrzovеntrаl) tomongа qаrаb judа hаm yassilаshgаn;
2. Yassi chuvаlchаnglаrdа tаnа bo’shlig’i bo’lmаydi. Orgаnlаr o’rtаsidа bo’shliq pаrеnximа bilаn to’lgаn, shuning uchun hаm ulаrni pаrеnximаtoz chuvаlchаnglаr dеb аtаlаdi;
3. Yassi chuvаlchаnglаrning ovqаt hаzm qilish orgаnlаri fаqаt ikki bo’limdаn iborаt, ya’ni oldingi ichаk vа o’rtа ichаk. Orqа chiqаruv orgаni vа ichаk bo’lmаydi;
4. Yassi chuvаlchаnglаrdа kovаk ichli hаyvonlаrlа bo’lmаgаn yangi orgаnlаr sistеmаsi аyiruv orgаnlаri sistеmаsi bor;
5. Hаmmа yassi chuvаlchаnglаrdа qon аylаnish, nаfаs olish orgаnlаri sistеmаsi bo’lmаydi.



Yüklə 426,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin