Mazkur o‘quv uslubiy majmua 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbek filologiyasi fakultetining Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
“O’zbek folklori” fani 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida o‘quv rejasiga asosan 1va 2 semestrda 28 soat auditoriya soatlarda o‘qitiladi. Ma’ruzalar fanning asosiy masalalarini qamrab olgan bo‘lib (14 soat), folklorshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash,o‘zbek folklorining ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, folklor va adabiyot, epik, lirik, dramatik turlar, marosim folklori va boshqa folklor janrlariga xos xususiyatlar, ularning semantikasi hamda ijtimoiy g‘oyaviy mazmuni haqida ma’lumot berish maqsadini aks ettiradi.
“O‘zbek folklori” fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘rganiladigan masalalar doirasida bakalavr bosqich talabalari - folklor janrlari epik, lirik, dramatik turlar, marosim folklori va boshqa folklor janrlariga xos xususiyatlar, ularning semantikasi hamda ijtimoiy g‘oyaviy mazmunini, badiiy tafakkur mahsuli bo‘lmish folklor namunalarini baholash mezonlarini o‘rganadi. O‘zbek xalq marosim folklori tarkibi, xalq dostonlarining turlari, qahramonlik dostonlari uchun mezon sanalmish alplik tizimini, etnos va epos munosabatlarining badiiy talqinlarini, xalq lirikasining she’riy o‘lchovlari ramz va timsollarini, xalq ertaklari, afsona va rivoyatlarning badiiy xususiyatlarini maqol va topishmoqlarning ma’no qatlamlarini, xalq teatri badiiy mezonlariga xos ko‘nikmalarni egallaydi.
Ushbu o‘quv uslubiy majmua yetti qismdan iborat bo‘lib, ular ishchi dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, nazariy materiallar, amaliy mashg‘ulot mavzulari, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |