Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Qahramonlik dostonlarining belgilari



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə24/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
Qahramonlik dostonlari baxshilar repertuarida muxim o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqeligini olimlar urug‘chilik munosabatla­ri, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik xayoti bilan bog‘lakb talqin etishadi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan xalq sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat bi­lan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el bosqinchilarnga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar, tarkib topishlar, birlashishlar va joylashishlar jarayonida o‘z-o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. Zotan, qadimiy qahramonlik eposi «xalqning faqat go‘daklik davrlarida..., uning kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‘alabalarida ko‘ringan zamonlardagina paydo bo‘lishi mumkin»19.
Demak, epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir20. Ana shu xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos tasvir metodini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni «Alpomish» dos­tonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal-urug‘chilpk munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va kuplab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi21. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan. Uning o‘zbek22, qozoq 23, qoraqalpoq24 versiyalari epik poema holida, tojik25, uyrot26, tatar27, boshqird28, O‘rta Osiyo arablari29 versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syuje­ti va kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi30. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dos­toni» (Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarinn ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an’anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi.

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin