Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə57/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

1. Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida. Askiya haqida fikr yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada nozik so‘z o‘yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa uni o‘ylab topishdek qiyin. So‘z o‘yinida uni o‘ylab topgan odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo‘ladi. Shu bois askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘risida borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya janrining bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini vositasida kulgi hosil qilishdir.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida uchramaydigan, so‘zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan to‘liq foydalanish, so‘z o‘yiniga asoslangan janrdir. Boshqa xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, o‘zbek tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o‘zgargan holda uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba'zi paytlarda latifalarda askiyaga o‘xshash vaziyatlar uchrashi mumkin (peshka xodit ye 2-ye 4; on xodit yedva, yedva – shaxmat o‘yinidagi eng kichik sipoh ye 2 xonasidan ye 4 ga yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida uchramaydi.
Nazorat savollari
1. Askiyada ijro mahorati haqida nimalarni bilasiz?
2. Askiyaning kichik tarkibiy qismlarini sanab bering.
3. Askiyani ilmiy o‘rgangan olimlar va ularning ishlar haqida bayon qiling.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Muhammadiyev R. Askiya. – T., 1962.

  1. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari (metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: Jo‘rayev M, Sobitova T. - T, 1985.

  2. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. - T.: Sharq NMAK, 2006.

  3. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. - T.: Fan, 1965.

  4. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T., “Musiqa”, 2010

  5. Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. T.: “Mumtoz so’z”, 2010

  6. Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi obrazi. - T.: Fan, 1979.

  7. Shoh Akbar va dono Birbol. - T., 1994.

  8. Afandi latifalari. - T., 1989.

  9. Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 2-tom. - T.: Fan, 1989.




Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin