Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Filologiya - grekcha so‘z bo‘lib, philo - sevaman, logos - so‘z, bilim demakdir. Folklor –



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə81/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

Filologiya - grekcha so‘z bo‘lib, philo - sevaman, logos - so‘z, bilim demakdir.
Folklor – Folk – xalq, Lore – bilim, donishmandlik, ya’ni Folklore – xalq donishmandligi ma’nolarini ifodalaydi. Ilk marotaba Vilyam Toms tamonidan Yevropa dehqonlarining an’analari, qadimiy xalq she’riyati, urf-odat, marosim va e’tiqodlarini anglatuvchi atama sifatida qo‘llanilgan. O‘zbek folklorshunosligida xalq og‘zaki ijodini anglatadi. Ayni paytda xalq ijodiyatining barcha turlari ham folklor deb yuritiladi.
Obraz - so‘zning o‘zagi “raz” (chiziq) bo‘lib, undan “razit”(chizmoq, yo‘nmoq, o‘ymoq), undan “obrazit”(chizib, o‘yib, yo‘nib shakl yasamoq) paydo bo‘lgan. Ana shu “obrazit” so‘zidan “obraz” atamasi vujudga kelgan. Bu so‘z “umuman olingan tasvir” ma’nosini bildiradi. Obraz ham umumlashgan, ham individuallashgan xususiyatni o‘zida gavdalantirgan hodisadir.
Badiiylik - hodisalarni hayotiy, jonli manzaralarda, kishini ta'sirlantiradigan, unda tasavvur uyg‘otadigan qilib tasvirlash. Badiiylik barcha san’at turlariga hos hodisa.
Badiiy to‘qima - obrazning ichki-tashqi qiyofasi, maqsad, intilishlarini namoyon etuvchi voqealarni o‘ylab topishdir.
Romantik obrazlar - ijodkorlarning orzu-xayollarini ifoda etgan kishilar siymosidir. Ularda ijodkorlarning orzu-umidlari, jamiyat to‘g‘risidagi, kishilar haqidagi niyatlari namoyon bo‘ladi.
Xayoliy-fantastik obrazlar - romantik obrazlarga o‘xshab ketadi. Bu obrazlarda ijodkorlarning hayotga ideal munosabati, dunyoqarashi ifodalangan bo‘ladi. Hayoliy-fantastik obrazlar mo‘jizaviy, ilohiy xususiyatlar egasi qilib ko‘rsatiladi. Xalq dostonlari, ertaklaridagi qahramonlarni hayoliy-fantastik obrazlar deyish mumkin.
Majoziy obrazlar - muayyan narsa-hodisalar qiyofasini umumlashtirib ifodalovchi ramziy obrazlardir. Jumladan, so‘fiyona adabiyot asarlarida yor deyilganda Xudo nazarda tutiladi. Gul, lola muhabbat, sevgi izhori ramzi sanaladi.
Allegorik obrazlar - majoziy obrazlarning biri sanaladi. Allegorik obrazlar, odatda, masal va ertaklarda bo‘ladi. Masal, ertaklarning asosiy qahramonlari esa hayvonlar, jonivorlardir. Ularda ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar ko‘rsatiladi.
Xarakter - o‘z xatti-harakatlari, maqsad, intilishlari, o‘y-kechinmalari, dunyoqarashi, fe’l-atvori bilan alohida ajralib turadigan to‘laqonli obrazdir. Shuning uchun har qanday obraz badiiy xarakter bo‘la olmaydi. Asardagi yetakchi qahramon har jihatdan faol bo‘lsa, o‘zining barcha jihatlari bilan yorqin ko‘rinib tursagina u badiiy xarakter bo‘la oladi.

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin