O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 184,5 Kb.
səhifə2/14
tarix18.08.2022
ölçüsü184,5 Kb.
#117576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O`ZINI O`ZI BOSHQARISH PRAKTIKUMI ISHCHI DASTUR

I. KIRISH


I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Oʼzini oʼzi boshqarishdan praktikum” fani taʼlim yoʼnalishi bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun tanlov fani hisoblanadi. Mazkur kurs oʼzida nafaqat talabalarga bilim berishni, balki ularni turli sohalarda samarali faoliyat olib borishga tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Ushbu oʼquv kursi bir tomondan taʼlim-tarbiya jarayonidagi asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari, mexanizmlari va faktlari hamda tabiati haqida zarur bilimlarni berib, talabani kasbiy tayyorlashga nazariy jihatdan zarur boʼlsa, boshqa tomondan esa, talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlaydi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni oʼqitishdan maqsad - talabalarni psixik rivojlanishning qonuniyatlarini, bilish jarayonlari, oʼzini oʼzi anglash va oʼzini oʼzi boshqarishning metodologik muammolari, MEN konsepsiyasi, turli vaziyatlar va faoliyat jarayonida oʼzini oʼzi boshqarish va nazorat qilish kabi muhim masalalarni oʼz ichiga qamrab oladi. Fanning vazifasi talabalarni:
- Oʼzini oʼzi anglash va oʼzini oʼzi boshqarish jarayonlari uzviyligini koʼrsatib berish va boshqarishning psixologik shart-sharoitlarini qarab olish;
- Taʼlimda texnologik yondashuvni va turli pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish;
- Psixologiyada turli autotrening va metodikalardan samarali foydalanish;
- Faoliyati davomida mavjud psixologik trening va metodlardan unumli foydalanishdan iborat.
Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba:
- psixologik tadqiqotlar va funksional holatni oʼzini oʼzi boshqarish va oʼzini oʼzi boshqarish usullarini ishlab chiqish sohasidagi apparatlar haqida; uslubiy uslublar, mashqlar turi va POʼOʼB usullarining har birining xarakterli xususiyatlari POʼOʼB oʼquv dasturining asosiy bosqichlari; psixolog-metodist tomonidan POʼOʼB boʼyicha mashgʼulotlarni tayyorlash va oʼtkazishda bajaradigan vazifalar haqida tasavvurga ega boʼlishi;
- stressli vaziyatlarda aqliy faoliyat va inson xatti-harakatlarining fiziologik asoslari; stress bosqichining mexanizmalari; jarayonlar va holatlarning aqliy funksiyalari asosida inson markaziy asab tizimining umumiy shakllari va mexanizmlari; stressli vaziyatlarda qoʼllaniladigan oʼzini oʼzi boshqarishning asosiy usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- oʼzini oʼzi boshqarish usullariga; kuchli stress paytida oʼz oʼziga yordam berish; relaksatsiya texnikasi; tanani psixologik tiklashning oʼziga xos usullari koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak;



Yüklə 184,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin