Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyalarda akademik guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.
Talabalar “O`zini o`zi boshqarish praktikumi” fanini puxta o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalaniish, yangi informatsion, pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishi muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, taratma materiallar, elektron materiallar hamda virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza darslarida mavzuga mos ravishda “Sinkveyn”, “Charxpalak”, “Bumerang”, “Tarmoqlar”, “Arra”, “Muammo”, “Aqliy hujum” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Shuningdek, audio, video, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.