BILISH JARAYONINING RIVOJLANISHI Kichik soha: Elementar matematik malakalar Talab: Bola boshlang‘ich matematik malakalarga ega 0-1 yosh 1-2 yosh 2-3 yosh KUTILAYOTGAN NATIJALAR predmetlarni katta va
kichikka ajratadi.
miqdorni “bitta”,
“ko‘p”ga ajrata oladi.
predmetlarni rangi va
shakliga qarab farqlaydi;
predmetlarni kichigidan
kattasiga qarab bir qator
qilib joylashtiradi;
shakllarni o‘ziga mosini
topadi (Segen doskasi).
BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YICHA FAOLIYAT turli o‘lchamdagi
kubiklarni oling va ularni
katta va kichikka
ajratishni ko‘rsatish;
bolaga raqamlar yozilgan
kartochkalarni ko‘rsatish;
bolani sensor tajribasini
boyitish maqsadida qo‘lini
ushlab turli shakllar
ustidan yurgizish (boshi
dumaloq, ko‘zi kichkina).
bolaga predmetlarning
hajmi, og‘irligi va
uzunligini ta’riflab
borish;
bolaga sayr davrida
elementar matematik
savollar berish: biz
qancha zinapoyani bosib
o‘tdik? senda nechta
o‘yinchoq bor?
bolani matematik
bilimlarini rivojlantirish
bo‘yicha faoliyatga jalb
qilish (menga bitta
piyola olib kel, ikkita
pechenye ber).
bola diqqatini bir-biridan
farq qiladigan o‘lchamdagi
predmetlar va ularning
nomlanishiga qaratish
(katta-kichik);
predmetlarni shakli
bo‘yicha ajratish va nomini
to‘g‘ri aytish malakasini
shakllanishiga
ko‘maklashish (kubik,
g‘isht, shar);
bolada atrof-olamni amaliy
o‘zlashtirish tajribasini
ortishiga ko‘maklashish;
yotoqxona, mehmonxona,
o‘yin xonasi va boshqa
xonalarni ajratishga
o‘rgatish;
bola bilan birgalikda
zinapoyalarni, qarsak va
boshqalarni sanash.