53
o‘yinchoqlar va
predmetlar bilan tajriba
o‘tkaza
boshlaydi
(ushlaydi, chiqaradi, bir-
biriga joylashtiradi,
bosadi, ochadi) ;
bo‘sh piyolani oladi va
unga suv yoki sharbat
quyib berishni so‘raydi;
predmetlar yok?
insonlarning ko‘zdan
g‘oyib bo‘lishi va paydo
bo‘lishiga
munosabat
bildiradi.
boshqalarning harakatini
yoki tushib ketgan
predmetni kuzatadi;
quvonch yoki qoniqish
hissini baxsh etuvchi
harakat va tovushlarga
erishish uchun
predmetlar bilan
harakatlanadi;
harakatlarga
taqlid qiladi
yoki boshqalar
imo-ishorasini
takrorlaydi.
yaqin atrofidagi
predmetlarni farqlaydi
(o‘yinchoqlar, idish-
tovoqlar, kiyim, poyafzal,
mebel) ;
ayrim uy va yovvoyi
hayvonlarni biladi;
ayrim sabzavot va
mevalarni farqlaydi
kattalar yordamida
qurilmalar quradi;
o‘z qurilmasi atrofida o‘yin
tashkillashtiradi;
predmetlarni tegishli
muhitga
joylashtirishni
biladi (jirafni hayvonot
bog‘iga, mashinani
garajga).
BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT
bolani o‘yinchoqlar bilan
o‘ynashdagi
mustaqilligini qo‘llab-
quvvatlash;
bolaga tajriba o‘tkazish
uchun turli materiallarni
turli miqdorda berish;
piyolani olish,bolaga ichi
bo‘shligini ko‘rsatish,
biror bir suyuqlik bilan
to‘ldirish va bolaga ichi
to‘lganligini tushuntirish.
bola bilan xirgoyi qilib,
tovushlar
chiqarib, imo
ishoralar bilan o‘ynash;
bolaga shakli, rangi,
og‘irligi turlicha bo‘lgan
o‘yinchoq va
predmetlarni berish;
bola harakatiga
munosabat bildirish;
o‘zgarishlar jarayonini
ko‘rsatish (puflash,
sovun ko‘piklarini
chiqarish);
u bilan to‘kilgan barglar
ustida yurish, oynalarda
tajribalar ko‘rsatish.
yaqin atrofdagi
predmetlarni nomini to‘g‘ri
aytish (o‘yinchoqlar, idish-
tovoqlar, kiyim-kechak,
poyafzal, mebel);
predmetlar rangi, hajmi va
qanday materialdan
qilinganligini ko‘rsatish va
tushuntirish (qog‘oz,
daraxt, mato, loy);
hayvonlar haqida oddiy
dalillarni keltirish;
mustaqil qurish istakini
qo‘llab- quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: