O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ijodiy tasavvurni rivojlantirish



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

Ijodiy tasavvurni rivojlantirish: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy 
qobiliyatlarini 
shakllantirishning 
yo'nalishi-tasavvurni 
rivojlantirish. 
Hayol – bu ongda hayotiy tajriba elementlaridan (taassurotlar, g'oyalar, bilimlar, 
tajribalar) yangi kombinatsiyalar orqali ilgari sezilganidan oshib ketadigan yangi 
narsalarga korrelyatsiya (bog‘liqligini aniqlash) qilish qobiliyatidir.
Hayol – barcha ijodiy faoliyatning asosi. Bu odamga tafakkur inersiyasidan 
xalos bo'lishga yordam beradi, xotira tasvirini o'zgartiradi va shu bilan yakuniy 
tahlilda qasddan yangisini yaratishni ta'minlaydi. Shu ma'noda, bizni o'rab turgan va 
inson qo'li bilan yaratilgan hamma narsa, butun madaniyat olami, tabiiy dunyodan 
farqli o'laroq – bularning barchasi ijodiy tasavvurning mahsulidir. Maktabgacha 
bolalik – bu tasavvurni rivojlantirish uchun sezgir davr. Bir qarashda, maktabgacha 
yoshdagi bolalarning tasavvurini rivojlantirish zarurati o'rinli bo'lib tuyulishi mumkin. 
Axir, bolaning tasavvuri kattalarnikidan ko'ra boyroq, o'ziga xosroq ekanligi keng 
tarqalgan.
Ijodiy qobiliyat – bu shaxsning har xil turdagi ijodiy faoliyatining 
muvaffaqiyatini belgilaydigan individual xususiyatlar. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar bolaning 


58 
shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohada olimlar va 
psixologlar tomonidan olib borilgan barcha tadqiqotlar, ijod qobiliyatiga ega bo'lgan 
bolalarning yanada barqaror ruhga ega ekanligi, ular bilan muloqot qilish va do'stona 
munosabatda bo'lishlarini isbotlaydi. Kichik yoshda, kompleks rivojlanishga, ya'ni 
maktabgacha yoshdagi bolalarning adabiy, badiiy va musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. O'yin orqali ijodiy 
qobiliyatlarni rivojlantirish eng yaxshisidir. 
Bolalarni teatr tomoshalarida ishtirok etishida, tasavvuri rivojlantiriladi
badiiy ko'rish, asarlarning yaxlitligini idrok etish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Ota-
onalarning ham ishtiroki ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun juda muhimdir. 
Ular bolaning faoliyatiga katta qiziqish bildirishlari va uyda rivojlanayotgan 
o'yinlarda u bilan o'ynashlari kerak. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Kuy, qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, 
musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. 
Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh 
ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish 
qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi” Musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi 
insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, 
insonning 
ichki 
olamini 
boyitadigan, 
iymon-e’tiqodini, 
irodasini 
mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning 
yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini 
yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga 
mehr-muhabbatini yetarli 
darajada qiziqtirmay turib
, har tomonlama jismoniy boy, 
ma’naviy va qat’iy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. 
Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy 
rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakillanishini 
ta’minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va ma’naviy 
kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning 
mazmuninmi tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va 
voqeylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin 
tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga 
mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok etishiga bevosita bog‘liqdir. 
Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular 
shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalar bilan bog‘liq, 
umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi 
faoliyatga jalb etish, badiiy musiqaga estetik idrok etishni va emotsional 
o‘zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni 
o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini 
rivojlantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Musiqaning 
bola hissiyoti va intilishiga



59 
mazmuniga va his etishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni 
to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqiy 
san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq bo‘lgan 
edi. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan 
kishilarni bir-birlariga birlashtirishni osonlashtiradi. 
Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali ohanglarning 
umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi. Xalq san’ati manbalariga 
asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda turli his-hayajonlar uyg‘otadi. 
Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid qilish hollari bor, 
ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq 
ko‘rinishi bilan bog‘liqdir. 
Har bir bola musiqaning qaysi yo‘nalishini o‘rganishidan qat’iy nazar uning 
yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim.Unda 
uzluksiz davom etadigan bir butun ta’lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi 
“maktabgacha ta’lim” deb ataladi. Unga ko‘ra bolalarni musiqiy-estetik tarbiya 
uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: 
- Musiqiy-estetik faoliyatni atrof-muhit hamda zamon bilan hamohangligi; 
- Musiqaning san’at sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish; 
- Bolalarning musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta’minlash; 
- Bolalarning qobiliyat va imkoniyatlaridan qat’i nazar ularning musiqiy 
tarbiyalariga qo‘yiladigan majburiyatlar. 
Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga musiqiy-estetik 
tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: 
- bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish; 
- estetik did va hissiyotni shakllantirish; 
- hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; 
- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; 
- bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni 
o‘rgatish va hokazo. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin