78
4. Davlat ta’lim standarti. Toshkent. 2020-yil, 22-dekabr.
5. Z.K.Alimova. “Maktabgacha pedagogika”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Ilm
ziyo-zakovat.-2021.
10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv
Reja:
1. Kompetensiyaviy yondashuv, dasturning majburiy 5 ta ta’lim sohasi.
2. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish»
sohasi
kompetensiyalari
3. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
sohasi kompetensiyalari
4. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari
5. Bilish jarayonlarini rivojlantirish sohasi kompetensiyalari
6. Ijodiy rivojlanish sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori,
individual ruhiy
va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini
inobatga olgan
holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba
egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar
hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
Dostları ilə paylaş: