O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

Nazorat savollari: 
1. 
Maktabgacha ta’lim haqida nimalarni bilasiz? 
2. 
Bolalarning asosiy kompetensiyalari nimalardan iborat? Sanab bering. 
3. 
O‘yin kompetensiyasi haqida so‘zlab bering. 
4. 
Bilish kompetensiyasi haqida so‘zlab bering. 
5. 
Ijtimoiy kompetensiyasi haqida so‘zlab bering. 
6. 
Kognetiv kompetensiyasi haqida so‘zlab bering. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talblari”. T.: 2018-yil. 
2.“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi”. T.: 
2018.
3. Ilm yo‘li variativ dasturi. Toshkent. 2019-y. 
4. Davlat ta’lim standarti. Toshkent. 2020-yil, 22-dekabr. 
5. Z.K.Alimova. “Maktabgacha pedagogika”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Ilm 
ziyo-zakovat.-2021. 
 
11-Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotida, bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati 
Reja: 
1. MTTning oila bilan ishlash tizimi 
2. Ota-onalarning maktabgacha ta’limda ishtiroki 
3. Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligi 


83 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim 
tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Kelgusi 3-4 
yilda 5-6 yoshdagi bolalarni barcha maktabgacha ta’limga to’liq qamrab olishga 
erishmog’imiz shart. Bu ertangi kunimiz hal qiladigan masala va biz buni albatta 
amalga oshiramiz” deya ta’kidlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-
son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qaroriga 
muvofiq “O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
“Davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori 
bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dastur asosida ta’lim-tarbiya jarayoni 
rejalashtiriladi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi 
tasrrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga 
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiyaviy jarayonga tadbiq etish;
2. Dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik 
yordamning o‘rni. 
3. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar 
hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rni.
Ta’lim tashkilotining ishchi-o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin