99
13-Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 3-7 yoshli bolalarni rivojlantirish
xaritasi
Reja:
1. MTTga bolalarni qabul qilinish tartibi.
2. Har bir yosh guruhda rivojlanish xaritasini yuritilishi.
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy
yoki vaqtincha qatnashga
qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar
asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan
tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti
uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalar qabul qilinadi.
Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga
qabul qilish maktabgacha
ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan
shartnoma bolani nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
bolalarni qabul
qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan
tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018-yil 244-son
qaroriga
1-ILOVA
Dostları ilə paylaş: