Rejalashtirish –zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar va
metodlarni ko‘rstaish bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-
ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o‘ylab
amalga oshirilgan bo‘lishi butun o‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining sezilarli
darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi
harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning
hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o‘z vazifalari va maqsadlarining
anglab etilishiga, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy
jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligini,
uning tajribasini, o‘z faoliyati natijalarni ko‘ra olish mahoratini, ularning tahlil
qilinishini, shu jumladan, MTTdagi ish shart-sharoitlarini hisobga olish lozim
bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga
tayanib, unda kundalik
harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta’lim-tarbiya
ishlarining turlari navbati bilan ko‘rsatiladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o‘qitish shart-sharoitlariga bog‘liq
holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga
oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib
ko‘rsatiladi:
• yillik mavzuiy rejalashtirish;
• haftalik rejalashtirish.
Rejalashtirish davomida faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari
keltirib o‘tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta’lim-tarbiya faoliyatining umumiy
maqsadlari ham, rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar ham, faoliyat mazmuni va
turlarining integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi.
Rejalashtirish davomida kun tartibini e’tiborga olish zarurdir. Kun tartibi ish
sur’atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga bir tekisda o‘tishga
yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, o‘yin maktabgacha yoshda
bolaning asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda
kunduzgi uyqu (bu hisobga olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish
vaqti hisobga olinadi.