111
Yillik mavzuiy rejada oy
mavzulari, hafta mavzulari aks etadi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlari o‘zlarining yillik mavzuiy rejalarini mintaqaviy yoki boshqa
o‘ziga xosliklarning hisobga olib tuzib chiqishlari ham mumkin. Mazkur mavzuiy
reja maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashida tasdiqlanadi
9
.
Ish rejasi quyidagilarga imkon beradi:
• ta’lim-tarbiyaning faoliyatining maqsadi, strategik va taktik vazifalarini aniq ifoda
etish;
• ta’lim-tarbiya ishining mazmunini maqsali belgilash, uning vositalari va tashkiliy
shakllanini tanlash;
• jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib hamda tegishli
o‘zgartirishlar kiritib borish jarayonida o‘z faoliyatning
istiqboldagi natijalarini
belgilash imkoniyatini yaratadi.
Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog
ishni yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatilarini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning
o‘zara hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat
maqsad va vazifalari
tahlil etishga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
Davlat talablari, bolalarni majburiy bir yillik ta’limga
tayyorlash guruhlarda
maktabga tayyorlash «Ilm yo‘li» variativ dasturi pedagoglar uchun yangi
imkoniyatlarni
vujudga keltiradi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim
jarayonini tashkil etishda qo‘llanayotgan eski shakl va uslublarni qayta ko‘rib
chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yo‘l ochadi.
Haftalik reja.
Haftalik reja yillik mavzuiy rejaga tayanadi va o‘z ichiga haftaning kichik
mavzularini,
shu jumladan, shu mavzu bo‘yicha mazkur haftada o‘tkaziladigan
chora-tadbirlarni oladi.
Haftalik reja hafta mavzusiga mos holda rivojlanishning barcha sohalari
bo‘yicha maqsadlarning belgilanishiga, mos holdagi markazlarning tayyorlanishiga,
mashg‘ulotlarning tasmilanishiga yo‘naltiriladi. Hafta
mavzusi erkin faoliyatning
barcha markazlari orqali o‘tishi lozimdir. Haftalik rejada ham guruhdagi, ham
tashqarida sayr qilish vaqtidagi didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi.
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi
faoliyat turini passiv
individual va uni amalga oshirish joyini hisobga olish bian rejalashtirilishi zarur.
Haftalik ish rejasi turli-tuman va moslashuvchan bo‘lib hisoblanadi, ya’ni,
bolaning qiziqishlarini va ob-havo o‘zgarishlarini e’tiborga
olgan holda
rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasi bilan almashtirilishi mumkin yoki faollik vaqti
korreksiyalanishi mumkin bo‘ladi. Masalan, tarbiyachi bahorgi gullayotgan boqqa
112
bolalarni olib borishni rejalashtirgan, lekin ob-havo yomg‘irli bo‘lsa,
u holda bu
tadbir xona ichida o‘tkaziladigan boshqa tadbir bilan almashtirilishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ishchi jurnali va mashg‘ulotlarning
konspektidir.
Dostları ilə paylaş: