O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tarbiyachining ishchi jurnali



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

Tarbiyachining ishchi jurnali
o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi: 
• titul varag‘i; 
• havo iliq va sovuq vaqtlarda guruhning kun tartibi; 
ertalabki gimnastika majmuasi
• sentyabrdan avgust oyigacha guruhdagi ta’lim jarayonini rejalashtiirish (o‘z 
ichiga ertalabki lineyka, sayrlar, ota-onalar bilan suhbatlarni oladi); 
haftalik ishlar tahlili
• ilovalar. 
Mashg‘ulotlarning konspektlari faoliyat maqsadlari, uning qisqacha bayoni
zaruriy jihozlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mazkur konspektlar tavsiyanoma 
xususiyatiga ega bo‘lib, tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan ijodiy tarzda 
o‘zgartirilishi ham mumkin. 
Mashg‘ulotlardagi o‘qitish 
Ta’lim-tarbiya faoliyatining maqsadi bo‘lib bolada umumiy asosiy 
kompetensiyalarning va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllantirilishi 
uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida bolalarning barcha faoliyati
mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga olgan holda o‘yinli tarzda o‘tkaziladi. 
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat 
talablariga mos holda ko‘zda tutiladiki, bola maktabgacha tayyorlov guruhidan 
chiqishda ma’lum bir natijalarga erisha oladi. 
Kuzatish va baholash 
Kuzatish – bolalar rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda 
(uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaqtda, butun yil 
davomida hamda to‘plangan ma’lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda 
baholashning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Pedagogning ishi aynan pedagogik 
kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa 
– u va oila a’zolari bilan o‘zaro aloqalarning eng maqbul strategiyasini tanlab olish 
imkoniyatini yaratadi. 
Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytida, uning 
faoliyatiga aralashmagan holda uni kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish 
orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo‘yicha qiziqishlari, ko‘nikmalar darajasi 
va rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni aniqlaydi. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin