114
Ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, onda-sonda
emas, joriy xarakterga ega bo‘lishi lozim.
Kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar hujjatlashtirilishi va tahlil qilishini
darkor.
Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi
kuzatish natijalari
tashkil etishi bolalaning haqiqiy imkoniyatilarini bilish va tushunish, uning
rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borishi yoki aksincha, qiyinlashtiruvchi
omillarni aniqlashga imkonini beradi.
Bola haqida ma’lumot to‘plashda
har tomonlama yondashish, uning ayrim
xislatlariga sun’iy ravishda alohida urg‘u berishga yo‘l qo‘ymaslik darkor.
Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi,
kuchli jihatlaridan
boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani
tushunishda va pedagog faoliyatida o‘ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi.
Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’lumot to‘plash yo‘nanalishlari) 6-7 yoshli
bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur.
Kuzatishning asosiy tamoyillari:
Bolaning kuzatilayotgan harakatini pishiq-puxta
hujjatlashtirish;
Sub’yektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikri, his-tuyg‘ulari) yo‘l qo‘ymaslik;
Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan gapnigina xolisona
kuzatish;
Imkon boricha ko‘proq ma’lumot to‘plash, ular imkon darajasida sodda va
tushunarli bo‘lishi kerak
Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish
Dostları ilə paylaş: