117
massaj va boshqalar) to‘garaklari, badiiy-estetik (xor, raqs, tasviriy san'at va
hokazolar) to‘garaklar, fanlar bo‘yicha to‘garaklar (chet tillari, matematika,
aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar).
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan
qo‘shimcha xizmatlar turlari hamda ular uchun belgilanadigan to‘lovlar
miqdori
maktabgacha ta'lim tashkilotning Kuzatuv kengashi yig‘ilishida muhokama qilinishi
shart.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha
xizmatlarning narxlar preyskuranti tegishli hududiy bo‘linma bilan kelishilgan holda
maktabgacha ta'lim tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Qo‘shimcha xizmatlar tegishli maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘linmasi
bilan kelishilgan holda maktabgacha ta'lim tashkilot rahbarining buyrug‘iga
muvofiq quyidagi hujjatlar asosida tashkil etiladi:
- ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatning ish rejasi (bundan buyon matnda ish
reja deb yuritiladi);
- ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlarning preyskurant narxlari;
- ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvali.
- Ish reja maktabgacha ta'lim tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
- Tasdiqlangan qo‘shimcha xizmatlarning preyskurant narxlari maktabgacha
ta'lim tashkilotining barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyda
(joylarda) e'lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etilgan qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi
guruhlarga
3-7
yoshgacha
bo‘lgan
maktabgacha ta'lim
tashkilotlari
tarbiyalanuvchilari qabul qilinishi mumkin.
Farzandi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini istagan
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha ta'lim
tashkilotga ariza bilan murojaat qiladi.
Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga tarbiyalanuvchilarni
qabul qilish
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy
ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotning rahbari hamda bolaning ota-onasi yoki ularning
o‘rnini bosuvchi shaxslardan biri bilan shartnoma tuziladi.
Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga bolani qabul qilish uchun tegishli
maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i qabul qilinadi.
Buyruqda bolaning familiyasi, ismi,
otasini ismi, tug‘ilgan yili, qabul
qilinayotgan qo‘shimcha xizmat turi va guruhi ko‘rsatilishi lozim.
Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda bolalarning soni 25 nafardan ortiq
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
118
Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini ularning asosiy ish vaqtidan tashqari
vaqtlarda kelishuv asosida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga jalb qilish
mumkin.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi
guruhlar
faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni jalb etilgan mutaxassislar yoki maktabgacha
ta'lim tashkiloti xodimlari ishdan tashqari faoliyat haqidagi kelishuv asosida amalga
oshiradilar.
Bunday faoliyatdan olingan mablag‘larning 80 foizi MTT moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash hamda MTT xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: