144
ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
ANALIZATOR (yunon. analusis- bo‘laklarga ajratish)
- murakkab
neyrofiziologik tizim, odamga ta’sir etuvchi qo‘zgalishlarni idrok etish va
uni taxlil
qilish.
Analizator retseptor, nerv yo‘llari, miya bilan bog‘lanadigan
qism va
miyaning maxsus bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
BOLA KOMPETENSIYASI – ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan
vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va
malakalari hamda qadriyatlari.
VERBAL (lot.verbalis - og‘zaki) atama. Verbal nutq - og‘zaki ifodalaniladigan
nutq.
GURUH - odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish
xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa. Guruhlar real va shartli
bo‘lishi mumkin.
KONSEPSIYA (lot. conseptio - idrok etmoq) - faoliyat maqsadlari o‘z ichida
saqlanib qolgan, faqat o‘zi uchungina xizmat qiladigan moslanishdan qo‘zg‘alish
holatpga o‘tish qobiliyati.
INTEGRATSIYA – bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari
o‘rtasidagi bog‘liqlik
KICHIK SOHA – sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi
rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir
yo‘nalishini ko‘rsatib beradi
;
KUTILAYOTGAN NATIJA –
bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va
malakalar ko‘rsatkichi;
LAYOQAT - nerv tizimining ba’zi determinlashgan anatomfiziologik
xususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka,
tug‘ma, tabiiy zaminidir.
MAKTABGACHA TA’LIM – maktabgacha
yoshdagi bolalar qiziqishi,
iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga
olgan holda hamda bolada ma’naviy
meyorlarni shakllanishi,
hayotiy va ijtimoiy
tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit
jarayon.
Dostları ilə paylaş: