MAHORAT – (arab. – mohirlik, ustalik, epchillik) – biror ish, kasb uchun
zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, moxirlik. MA’LUMOT - bir tartibga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish jarayoni hamda natijasi. Ma’lumot olishning asosiy yo‘li o‘quv
muassasalarida yoki musatqil o‘qishdan iborat. MEN-KONSEPSIYA (lot. conceptio - qabul etish, - odamning o‘zi tug‘risida
nisbatan barqaror, aniqlangan, o‘z kechinmalarida ifodalanadigan tasurotlar tizimi.
145
Men konsepsiyasi asosida odam boshqalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi va
o‘ziga bo‘lgan munosabatni belgilaydi.
RIVOJLANISH– inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik
jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar.
RIVOJLANISH SOHASI – bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar. SAN’AT – insonning borliqni badiiy obrazlarda aks ettirishga qaratilgan ijodiy
faoliyati.
TASAVVUR - sezgi a’zolariga qachonlardir ta’sir etgan narsa va
hodisalarning yaqqol hissiy obrazi.
FAOLIYAT - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan extiyojlar tufayli
paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta
qurishga yo‘naltirilgan faolligi.
EHTIYOJ - odam va hayvon faolligining asosiy manbai, aniq sharoitlar bilan
bog‘liq zaruriyatning ichki holati.
QIZIQISH- shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli bo‘lgan muayyan narsa
yoki xodisalarga munosabati. Qiziqish keng va tor, chuqur va yuzaki, barqaror
bo‘lishi mumkin.