67
1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha davlat vazifalarini bajarish
uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
2. Maktabgacha taʼlim O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha
taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha saʼy-harakatlariga texnik yordam ko‘rsatadigan
YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib sanaladi. Maktabgacha taʼlim
vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir
nechta chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri bo‘lib
maktabgacha taʼlim uchun kompetentli yo‘naltirilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv
dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga
qo‘yiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki
hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim
tizimidagi pedagoglar turli xildagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda taʼlim oluvchi
har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʼriqnoma
sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan
iboratki, bunda u oʼz ichiga oʼqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun
davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar
bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga o‘z diqqatlarini jamlashlari
lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi bo‘lish bilan birga Ilk Qadam
dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini to‘liq qamrab oladigan va uni tartibga
soladigan “yomg‘irpoʼsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat bo‘lib sanaladi. Mana shu
bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan
taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga
moʼljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʼbatlantiruvchi oʼqitish
muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yo‘l bilan jalb qilishni
tushunish va bilib olishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining
Dostları ilə paylaş: