84
Ko‘rsatmali ishlarda esa bolalar tomonidan qo‘l mehnati, qurish-yasash,
tasviriy san’at mashg‘ulotlarida yasalgan ishlar namoyishi sifatida ochiq eshiklar
kuni o‘tkazish ham tavsiya etiladi.
MTT tarbiyachisi va ota-onalarning pedagogik hamkorligi.
MTT tarbiyachisi ota-onalarga pedagogik hamkorlikni taklif etishi mumkin .
Boisi, ilk yosh guruhidanoq bolaning yosh xususiyatlari, yoshga doir muammolari
bilan tanishib borgan onaning tarbiyachi bilan bola xulqidagi har qanday o‘zgarishni
yechishi osonroq bo’ladi. Ota-onalar bilan mashg‘ulotlar faqat ma’ruza emas, balki
seminar, savol-javob, trening tarzida o‘tkazilganida samara seziladi. Shuning uchun
ham bunday o‘qishlarni tashkil etishni iloji boricha soddalashtirgan ma’qul.
Shu o‘rinda ayrim ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni
berishni lozim deb
topdik:
Tarbiyachining ishidan norozi bo‘lyapsizmi, aynan nimadan noroziligingizni
aniqlab oling. Ko‘pincha onalar birgina lahzadagi kichik xatoga qarab tarbiyachi
bilan nizolashishga boradilar. Kimningdir tushlik vaqtida kiyimiga ovqat tekkan
bo’lishi, qaysidir bolakay kiyimini shoshib teskari kiyishi, o‘ziniki emas
o’rtog’ining tuflisini kiyib olgan bo‘lishi mumkin.
Bu holatda katta muammo
chiqarish har doim ham to’g’ri emas.
Har kuni farzandingizdan bog‘cha opang seni hafa qilmadimi deb so‘rash
orqali siz uni o‘zingiz istamagan holda tarbiyachisi haqida salbiy munosabat
bildirishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Shuning uchun ham bolangizning bog‘chadagi
kuni haqida so‘raganda unga ijobiy savollar bering. Va doim ham bolaning gaplariga
chippa-chin ishonishdan oldin uning gaplarini teshirib ko‘ring. Gohida bola o’ziga
ishonayotganlarini ko’rib yolg’on gapirib qo’yib buning natijasida ota-ona
tarbiyachi bilan noo‘rin janjallashgani ham amaliyotda kuzatiladi.
Farzandingizning qaysidir gapi sizni ajablantirsa va siz bu masalada
tarbiyachi bilan gaplashish shart deb hisoblasangiz unda, bu ishni kunning ikkinchi
qismiga qoldiring. Ana shunda sizning ham tarbiyachining
ham kayfiyati
buzilmaydi. Tarbiyachi bilan gaplashayotganda ortiqcha his-tuyg’uga berilmasdan
gaplashing. Uning gaplarini ham tinglang, ana shundan so’ng hulosa chiqaring.
Unutmang, bola ham ba’zida yolg’on gapirishi mumkin.
Guruhda nechta bola bo’lsa, tarbiyachining ana shuncha ko’zi bor degan
hazilomuz gap ham bejiz aytilmagan. Farzandingiz tarbiyalanayotgan MTT
xodimlari o’z ishining ustasi, ular o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan va har bir bola
uchun mas’uliyatni siz o’ylaganingizdan ham ko’ra ko’proq his qiladi. MTT bola
moslashuvi uchun birinchi zina deb hisoblaydigan bo’lsak, farzandingizning ana shu
zinadan ortiqcha qiyinchiliksiz ko’tarilishi uchun tarbiyachi va ota-ona hamkorligi
muhim o’rin tutadi.
85
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi
muhitni tashkil etishda
bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va
ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhitning mazmuni:
- maktabgacha ta’lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti
mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlarga: milliy va mintaqaviy an’analar;
tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish,
bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam’’davlat o‘quv dasturi
asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadi. Bular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: