145
Men konsepsiyasi asosida odam boshqalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi va
o‘ziga bo‘lgan munosabatni belgilaydi.
RIVOJLANISH – inson tanasi tuzilishi, ruhiyati
va xulqida biologik
jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar.
RIVOJLANISH SOHASI – bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar.
SAN’AT – insonning borliqni badiiy obrazlarda aks ettirishga qaratilgan ijodiy
faoliyati.
TASAVVUR - sezgi a’zolariga qachonlardir ta’sir etgan narsa va
hodisalarning yaqqol hissiy obrazi.
FAOLIYAT -
insongagina xos, ong bilan boshqariladigan extiyojlar tufayli
paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini
bilishga, uni qayta
qurishga yo‘naltirilgan faolligi.
EHTIYOJ - odam va hayvon faolligining asosiy manbai, aniq sharoitlar
bilan
bog‘liq zaruriyatning ichki holati.
QIZIQISH- shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli bo‘lgan muayyan narsa
yoki xodisalarga munosabati. Qiziqish keng va tor,
chuqur va yuzaki, barqaror
bo‘lishi mumkin.