2
O.Suyunov, D.Norboyeva, A.Shonazarov, O‘.Zubaydullayev.
“Psixologiya” o’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand SamISI nashri 2015 y 240 b.
Tuzuvchilar:
O.Suyunov – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi dotsenti
D.Norboeva – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi
A.Shonazarov – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi
O‘.Zubaydullaev – SamISI “Kasb ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Abdumannotov. – SamDU dotsenti
E. Iskandarov – SamDCHTI dotsenti
Q. R. Qarshiev –
SamISI dotsenti
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim
muassasalarining
nopsixologik yo‘nalishlari talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda
asosiy uslubiy qo‘llanma, psixologik yo‘nalishlari
talabalariga esa
mashg‘ulotlarni tashkil etishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda
tutadi.
“Psixologiya” fanining mazmun - mohiyati innovatsion ta’lim
texnologiyalari orqali yoritilgan. Shuningdek, o‘quv-uslubiy qo‘llanmada
psixologiya
fanining mohiyati, tarkibiy tuzilishi,
shaxs va uning faoliyati,
boshqaruv psixologiyasi,
mehnat psixologiyasi, motivatsion sohalar hamda
shaxsning individual psixologik xususiyatlari batafsil yoritilgan.
O’quv uslubiy qo’llanmada oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya
jarayoninni tashkil etishga OO’MTV tomonidan qo‘yilgan
zamonaviy talablar
asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi noan’anaviy ishlanmalar orqali
keltirilgan.
Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishda hamda talabalarning mustaqil ta’limini tizimli
yo‘lga qo‘yishda foydalanish mumkin.
O‘quv - uslubiy qo‘llanma institute
o‘quv-uslubiy kengashining 2015
yil 18 mart 8-son majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya
qilindi.