O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 «Bosh miya reflekslari» (1863) nomli asarni kim yozgan?



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175
psixologiya

9. «Bosh miya reflekslari» (1863) nomli asarni kim yozgan? 
A) A.P.Pavlov, B) A.A.Uxtomskaya, C) I.M.Sechenov, D) S.Korsakov
10. Shaxsning guruhlarda ruhiy hayotini, shaxslararo munosabat va 
muloqot qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya fanining tarmog‘i 
qanday ataladi? 
A) mehnat psixologiyasi, B) muhandislik psixologiyasi, C) pedagogik 
psixologiya, D) ijtimoiy psixologiya 
11. Shaxsning guruhlarda ijtimoiy o‘rnini aniqlashda qaysi metoddan 
foydalanish maqsadga muvofiq?
A) Test , B) eksperiment, C) suhbat, D) sotsiometriya 
 


13 
2 -MAVZU: PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI. 
Aniqlashtirilgan 
o’quv 
maqsadlari. 
Talaba 
bu 
mavzuni 
to’la
o’zlashtirgandan so’ng:
- Psixikaning ner nerv-fiziologik asoslarini biladi; 
- Ongning ahamiyatini tushuntiradi; 
- Tropizm turlarini sanaydi; 
- Psihika va ong o’rtasidagi farqlarni tushuntiradi; 
- Sinkveyn (ma’lumotlarni yig’ish) strategiyasini qo’llaydi. 
Tayanch so’z va iboralar: 
psixika, ong, tropizm, seskanuvchanlik, instinktlar, bilish, ko’nikmalar, 
hayvonlarning 
intellektual 
harakatlari, 
psixikaning 
nerv-fiziologik 
asoslari,psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik funksiyalar, psixik xodisalar. 
 
Asosiy savollar
1. 
Psixika va uning taraqqiyoti.
2. 
Psixika va ong.
3. 
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari 
1. Psixika va uning taraqqiyoti. 
Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo’lib, faqat miyaning 
faoliyatiga bog’liq xolda ruy beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashkil 
topgan materiya bo’lib, psixika esa ana shu materiyaning mahsuli, uning 
funksiyasidir. Psixika va ong birdaniga paydo bo’lmagan, balki uzoq tarixiy 
evolyutsiya natijasida shakllanib, o’sib, takomillashib borgan. Dastlab yerda 
hayot paydo bo’lganda bir xo’jayrali hayvonlar vujudga kelgan. Ularga psixik 
prosesslardan seskanuvchanlik xos bo’lgan. Sekin – asta uzoq evolyutsiya 
natijasida hayvonlarning takomillashib borishi natijasida ularning nerv sistemasi 
va bosh miyasi ham o’sgan. Miyaning rivojlanishi esa turli psixik prosesslarni 
vujudga keltirgan.
Psixikaning paydo bo’lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan 
tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to 
materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy 
olamning umumiy xususiyati bo’lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni 
ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning 
yashash shakllariga bog’liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning 
o’zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo’lishi 
mumkin. Masalan, suvning daryo qirg’oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi,
quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o’tishda 
harakatning shakllari sifat jihatdan o’zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning 
biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik 
aks ettirish paydo bo’ladi. Materiyaning evolsiyasida jonsiz materiyadan jonli 
materiyaga o’tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan 
akademik A. I. Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani kursatib o’tish 


14 
mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar 
muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda 
fotoximik reaksiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
Oqibatda koaservatlar deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo’lgan. 
Koaservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyasiya va dissimilyasiya 
jarayonlari paydo bo’lgan. Koaservatlar tashqi muhitdagi "ozuqa" moddalarni 
tanlab o’zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo’lgan (biotik) moddalarga 
ma’lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun 
bevosita kerak bo’lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indifferent (befarq) 
munosabatda bo’lganlar.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin