O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  Barcha guruhlar uchun tarqatma material



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175
psixologiya

 


136 
Barcha guruhlar uchun tarqatma material.
Psixologiyaning asosiy metodlari 
ASOSIY METODLAR 
Asosiy metodlarning variantlari 
KUZATISh METODI
Tashqi (obyektiv kuzatish) 
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish) 
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan 
Guruh ichida kuzatish 
Guruh tashqarisida kuzatish 
SO’ROV METODLARI 
Og’zaki so’rov
Yozma so’rov
Erkin so’rov (suhbat)
Standartlashtirilgan so’rov 
Sosiometrik so’rov 
TESTLAR METODI 
Test – so’rov 
Test - topshiriq 
Proyektiv test
EKSPERIMENT 
Tabiiy. Laboratoriya. Shakllantiruvchi
MODELLAShTIRISh
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish 
Texnik modellashtirish
Kibernetik modellashtirish 
Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs 
u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi 
ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus 
tarzda ishlatilishi mumkin.
1 – guruh uchun tarqatma material.
 Kuzatish metodi Kuzatish kuzatish metodi eng sodda, odam xulq 
atvorining ko’rinadigan, faoliyatda namoyon bo’ladigan tomonlarini o’rganish 
uchun qo’llaniladigan uslubdir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida 
kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish maqsadida 
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Kuzatish psixologik o’rganish uslubi sifatida oddiy kundalik hayotdagi 
kuzatishdan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Maqsadga yo’nalganligi. Kuzatish psixologik o’rganish usulubi sifatida 
qo’llanilganida, nima uchun ya’ni qanday maqsadda kuzatilayotganligi aniq 
bo’lishi va o’quvchini umuman kuzatish emas, balki uning ma’lum bir shaxs 
xususiyatining (masalan, temperamentning) har xil vaziyatlarda yoki faoliyatda 
namoyon bo’lishini kuzatish zarur. 
Oldinda rejalashtirilganligi. Kuzatishni boshlashdan oldin kuzatish 
vazifalarini (ya’ni nimani kuzatmoqchisiz) aniqlab kuzatish rejasi tuziladi. Bu 
rejada kuzatish rejasi, vositalari, kuzatishda hisobga olinadigan ko’rsatgichlar, 


137 
uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va ularning oldini olish masalalari o’z 
aksini topishi lozim.
Kuzatish o’quvchilar uchun tabiiy sharoitda olib borilishi lozim.
Obyektivligi. Kuzatish jarayonida o’qituvchi o’zining taxminlariga 
asoslanmasligi, o’ziga ko’rishini xoxlagan narsa yoki xususiyatlarni izlamasligi,
balki faqat obyektiv faktlarini, o’quvchilarni haqiqiy namoyon bo’layotgan 
harakatlarini hisobga olish va shu faktlar natijasida ma’lum xulosalar qilishi 
lozim. Kuzatuvchilar soni 3-4 kishi bo’lsa, kuzatish natijalarining obyektivligi 
ortadi.
Kuzatish natijalarini yozish kog’ozining mavjudligi kuzatish jarayonida 
olingan natijalar, albatta, kuzatish jarayonida yoki darhol undan keyin yozib 
borilishi lozim. Yozuvlar muayyan tartibda (ma’lum vaqt o’lchami bo’yicha) 
olib boriladi. Qulaylik uchun odatda kuzatish sxemalari va jadvallaridan 
foydalaniladi.
Kuzatish uslublarining afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda 
o’tkaziladi, u sodda maxsus apparatura va asbob uskunalar talab qilmaydi. Bu 
usulning kamchiligi – uzoq vaqt va anchagina mehnat talab qilishidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish 
maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining 
kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki 
dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars 
jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini 
bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin.
Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va 
kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan,
kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs 
xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil 
qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda 
qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. 
Umuman, 
kuzatish 
metodining 
ijtimoiy 
hayot, 
professional 
ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga 
kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq 
bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish 
xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u 
boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin