148
I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash.
Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o’zining ichki dunyosiga oid bilimlar
to’plami, yig’indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o’zi ichki dunyosi
xaqida bilimlarni o’zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum
bo’lganda, unda Hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo’lar edi.
Bizning
bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashkil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar
( sezgi, idrok, diqqat va h. k. orqali o’zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur
jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o’zlashtiriladi va boyitib boriladi.
Bilish
jarayonlaridan birining bo’zilishi, kasallanishi ongning bo’zilishiga olib keladi.
II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda subyekt va obyekt o’rtasidagi farq o’z
ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini boshqalardan va tashqi
olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organik
olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o’zini
tashqi olam, tevarak-
atrofdagi muhitga qarshi qo’ydi. Bunday xususiyatning paydo bo’lishining natijasi
insonning o’z-o’zini bilishi va o’zligini anglashida, o’z-o’zini baholashida aks etadi.
Insongina o’zining tashqi olamdan, predmetlardan,
boshqa kishilardan farqini,
ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining
shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning,
balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning o’zligini anglashi bilan bog’liq.
III. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad qo’yish va maqsadga yo’nalganlik
bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funksiyasi. Har
qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qo’yiladi, faoliyat motivlari yuzaga
keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari ishlab chiqiladi
va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy to’zatishlar kiritib boriladi. Ma’lum
sabablar ta’sirida maqsad ko’zlash
yoki uni boshqarish, koordinasiya qilishdagi
bo’zilishlar ongning bo’zilishiga olib keladi.
IV. Ongning to’rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma’lum munosabatlari aks
etishida. Inson o’z atrofida bo’layotgan voqyealarga,
obyektiv borliqqa, o’z
faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo’ladi. Bu munosabat uning
his-tuyg’ularida nomoyon bo’ladi. His-tuyg’ular va munosabatlarning o’zgarishi,
noadekvatligi ongning bo’zilishidan darak beradi.
Til, o’zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko’rsatilgan
barcha
sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: