O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
psixologiya

 
Olingan natijalarning miqdoriy va mazmuniy 
tahlili 
Ma’lumki, temperamentning sngvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik 
kabi tiplari mavjud. Temperamentning bu tiplari G. Ayzenk metodikasi orqali 
asosan 2 shkala: ekstroversiya-introversiya va neytrotizm – bo’yicha aniqlanadi.
EKTROVERSIYA – kishining tez munosabatga kirishuvchanligi, yangi 
taasurotlarga chanqaoqligi, qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq. Ekstrovertning 
do’stlari ko’p bo’ladi. Ular o’zlarini erkin to’tishga, vaziyat ta’sirida harakat 
qilishga moyil bo’ladi. Ekstrovert so’zamol, xushchaqchaq, hazilni yaxshi 
ko’radi. Bunday kishilar betashvish, oq ko’ngil, xushchaqchaq, optimist,
kulishni yoqtiradigan, serharakat bo’ladi. Ular agressivlikka, qiziqqonlikka 
moyil bo’ladi. Ularning Emotsiyalari qat’iy nazorat qilinmaydi, ularga hamisha 
ham to’liq ishonib bo’lmaydi.
INTROVERT – bosiq tabiatli, tortinchoq, o’zini taxlil qilishga moyil,
odamlar bilan muloqotda bo’lishdan ko’ra kitob o’qishni yoqtiradi, o’zini 
nazorat qila oladi, juda yaqin tanishlaridan tashqari boshqa kishilardan o’zini 
chetga tortib yuradi. Harakatlarini oldindan o’ylab, rejalashtiradi, bexosdan 
paydo bo’ladigan intilishlarga ishonmaydi. Qaror qabo’l qilishga jiddiy 
munosabatda bo’ladi, har bir narsada tartibni yaxshi ko’radi, his-tuyg’ularni 


174 
nazorat qila oladi, jahli chiqmaydi. Biroq pessimistroq bo’lib, ahloqiy 
normalarni qadrlaydi.
NEYROTIZM – kishining emosional jihatdan turg’unligi darajasini 
belgilaydi. Emosional turg’un kishilar, emosional holatlarining stabilligi (ko’p 
o’zgarmasligi, yetukligi, yangi sharoitlarga qiynalmay yaxshi moslasha olishi) 
bilan ajralib turadi.
Emosional noturg’un kishilar juda asabiy, noturg’un, yaxshi moslama 
olmaydigan bo’ladilar. Testda sinaluvchilarning javoblarining to’g’ri yoki 
noto’g’riligini nazorat qilish uchun yana bir shkala – o’zini yaxshi ko’rsatishga 
intilishini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda «yolg’on javob shkalasi» 
deyiladi.
Metodika 60 ta savoldan iborat, jumladan 24 tasi introversiya – 
ekstroversiya shkalasiga, 24 tasi neyrotizm shkalasiga va 12 tasi «yolg’on 
javob» shkalasiga taaluqli.
1. Ekstroversiya – introversiya quyidagi savollarga berilgan ijobiy (ya’ni 
«+» belgisiga ega) javoblar yig’indisiga qarab aniqlanadi: № 1, 3, 9, 11, 14,
17, 19, 22, 25, 27, 30, 35, 38, 41, 43, 46, 49, 53, 57 va quyidagi 
savollarga berilgan rad javoblar, ya’ni «-» belgisiga ega javoblar yig’indisiga 
qarab aniqlanadi: 6, 33, 51, 55, 59. bu yig’indilar qo’shilib umumiy ball 
aniqlanadi.
2. Emosional turg’unlik darajasi quyidagi savollarga berilgan ijobiy 
(ya’ni «+» belgisiga ega) javoblar yig’indisiga qarab aniqlanadi 2, 5, 7, 10,
13, 15, 18, 21, 23, 26, 29, 31, 34, 37, 39, 42, 45, 50, 52, 54, 56, 58,
60.
3. O’zini yaxshi ko’rsatishga intilish (yolg’on javob shkalasi) darajasi 
quyidagi: 8, 16, 24, 28, 36, 44 – savollarga ijobiy «+» belgili (javoblarning 
va quyidagi: 4, 12, 20, 32, 40 – savollarga rad) (ya’ni «-» belgili) javoblarning 
mos, ya’ni to’g’ri kelish soniga qarab aniqlanadi.
Olingan natijalar quyidagi jadvallarga qarab baholanadi.
Ekstroversiya – introversiya darajasini baholash jadvali: 
Introversiya 
Ekstroversiya 
Yuqori 
darajada 
me’yorida 
me’yorida 
Yuqori 
darajada 
1 – 7 
8 - 11 
12 – 18 
19 – 24 
2. Neyrotizm (emosional turg’unlik-noturg’unlik) darajasini baholash 
jadvali: 
Emosional turg’unlik 
Emosional noturg’unlik 
Yuqori 
o’rtacha 
yuqori 
juda yuqori
10 gacha 
11 - 14 
15 - 18 
19 – 24 
3. O’zini yaxshi ko’rsatishga intilish darajasining ko’rsatkichi 4-5 ball 
bo’lsa, bu yuqori chegaradagi ko’rsatkich hisoblanadi va bu sinaluvchining o’zi 
to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishga harkat qilganligidan dalolat beradi.
Buning boshqa ko’rsatkichlarga ham ta’siri bor. Chunki bu 
sinaluvchining savollarga javob berishdagi rostgo’ylik darajasining o’ziga xos 
ko’rsatkichidir. Agar sinaluvchi bu shkala bo’yicha 4-5 ball va yuqori 


175 
ko’rsatkichga ega bo’lsa, olingan natijalarni taxlil qilishda buni hisobga olish 
zarur.
Bu metodika orqali temperamentini aniqlashda quyidagi sxemadan 
foydalaniladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin