O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


- guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175
psixologiya

1- guruh uchun tarqatma material 
Emosional xolatlar va ularning shakllari.
Kishilar tashki dunyo va boshqalar bilan alokada Bular ekan, ularga 
nisbatan ma’lum munosabatda ham bo’ladilar, ya’ni bu alokada kuvonadi,
kuladi, xayratlanadi, kayguradi, yiglaydi va xokazo. Kishi Idrok etish,
xotirlash, hayol surish va fikrlash jarayoni faqat voqyelikni bilib qolmay, balki 
shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo’lmasin, munosabat 
bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda xis - tuyg’u paydo bo’ladi.
His-tuyg’ular - kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni 
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha 
turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ularning kechishi
subyekt alohida xis etayotgan psixik xolat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir 
narsani Idrok etish va tushunib yetish, biron-bir narsa to’g’risida bilib olish 
Idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, mahlum yoki nomahlum narsalarga
nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro’y beradi. Ana shu xollarining 


217 
barchasida his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining Alohida 
xissiy xolati xususida gapiriladi. Shu bilan birga xis-tuyg’ularning kechishi o’z 
rivojlanishiga ega bo’lgan, joriy va o’zgarib turadigan psixik jarayondir. .
Xissiy kechinma keskinlashib qolgan vaziyatni boshdan kechirish, unga 
bardosh berish, uni bartaraf etishdan iborat obyektiv zarurat bilan bog’likdir.
Shuning o’zi biron bir narsaning xissiy kechinma orqali o’tishi demakdir.
Shunday ekan, kechinma shaxsning ichki dunyosi qayta qurilishiga va 
keraklicha muvozanatga ega bo’lishiga yordam beradigan kattagina zo’riqish 
bilan kechiladigan va aksariyat xollarda o’ta samarali Alohida xissiy faoliyat
sifatida namoyon bo’ladi.
Xis-tuygu va Emotsiya deb psixologiyada individning muxit ta’sirlariga 
nisbatan bildiradigan munosabatlari, ruxiy kechikmalari va ruxiy xolatlariga 
aytiladi. Bu munosabatlar, ruxiy kechinma va xolatlar individ ehtiyojlarining 
kondirilishi yoki kondirilmasligi (sabab bo’ladi) bog’liq bo’ladi. Xis – tuygular 
va emosional xolatlar ko’pincha qutbiy xarakterga ega bo’lib, ehtiyojlar 
kondirilishi bilan ijobiy, qondirilmasligi bilan salbiy xarakterga ega bo’ladi.
Ba’zan ambivalent emosional xolatlar ham bo’lishi mumkin. Ambivalent 
emosional xolat deb bir Vaqtining o’zida ham ijobiy, ham salbiy ishoraga ega 
Emotsiyalarga aytiladi.
His-tuyguni boshdan kechirishning turli shakllari, xissiy xolatlar 
Emotsiya deyiladi. Emotsiyalarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin: 
kayfiyat, affekt, kuchli xayajonlanish (stress xolati) va boshqalar. Xis-
tuyg’ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam 
beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy 
kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik 
faoliyatini rag’batlantiradi, bilish ehtiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda 
saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo’lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish
doimo yorqin xissiy tusga ega bo’ladi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan xis-tuyg’ular uning ehtiyojlari
qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon 
bo’ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo’lgan ijobiy xissiy xolatlar 
(zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining 
xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning
qondirilmasdan qolishi salbiy xissiy kechinmalarga (uyalish, o’kinish, xasrat 
va shu kabilarga) olib keladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi ehtimoli subyektiv tomondan qara-ganda katta 
bo’lib tuyulsa, ijobiy xis-tuyg’ular paydo bo’ladi. Salbiy hissiyotlar ehtiyojlar 
kondirilishining real yoki tasavvurda mumkin emasligi subyekt tomonidan oz yo 
ko’p darajada anglanishi oqibatida yohud ehtiyojlarning qondirilish ehtimoli
haqida subyekt tomonidan oldin-roq qilingan mo’ljalga qaraganda yo’qola 
borish natijasida paydo bo’ladi. Xissiyotlarning axborot konsepsiyasi,
shaxsning butun ko’p qirrali va boy xissiy jixatlarini tushuntirib berishdan
ko’ra tushuntirib bera olmasligi aniqroq bo’lsa ham shubhasiz, dalil-isbot-liligi 
bilan ajralib turadi. Emotsiyalarning barcha turlari ham kelib chiqishiga ko’ra


218 
shu sxemaga jo bo’lmaydi. Masalan, ajablanish Emotsiya-si na ijobiy va na 
salbiy emosional xolatga kiritilishi mumkin emas.
Emosional xolatlarning regulyativ (bir xil tarzda tartibga solib turadigan)
funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo’ladigan 
kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, u 
qanday to’siqlarga duch kelayotgani, nimalarga ehtiborni qaratish lozimligi,
nimalar haqida mulohaza qilishi kerakligi, nimalarni o’zgartirish zarurligi
haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi.
Emotsiyalar voqyealarning ko’ngildagidek yoki noxush yuz berayotgani,
subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar sistemasidagi xolatning ko’p
yo oz darajada aniqligi haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va 
faoliyat sharoitidagi xatti-harakati boshqarib, to’g’rilab turilishini
tahminlaydi.
Emosional xolatlarning shakllari asosan qyidagilar: 1.
Kayfiyat; 2. Affekt; 3. Stress; 4. Frustrasiya.
Kayfiyat 
deb nisbatan turgun kishining umumiy xolatiga ta’sir kiluvchi,
uzok Vaqt davom etadigan emosional xolatga aytiladi. Yaxshi kayfiyat 
kishining ishchanligiga, uzini to’tishiga, boshqalar bilan munosabatiga ijobiy 
ta’sir qilib turadi.
Affekt – bu kiska muddatli, juda ham kuchli va jo’shqin emosional 
portlash xolatidir. Affekt xolatida xotiraning yukolishi, dikkatning torayishi,
ongli nazoratning susayishi kuzatiladi. Masalan: kuchli gazablanish, jaxl 
chiqishi, kurkish, xoljanlanish xolatlarida inson uzini boshqarolmaydi.
Affektning 3 ta stadiyasi bor: 1. Emosional xolatning yigilib, summasiya 
bo’lishi; 2. Emosional portlash; 3. Emosional portlashga nisbatan qarshi teskari 
xolat.
Stress – kishi organizmi va ruxiyatiga ta’sir kilgan salbiy ta’sirlar ostida 
xosil bo’ladigan emosional xolat bo’lib, organizm nerv sistemasining tashki 
ta’sirlarga tayyorgarlik darajasini belgilaydi va u bilan boglik bo’ladi.
Frustrasiya xolati kishi uz oldiga kuygan maksadga erisholmagan yoki 
intilish jarayonida tusiklarga uchragan paytda xosil bo’ladigan xolat.
Emotsiyalarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar.
Djeyms – Lange nazariyasiga binoan emosional xolatlarining, xis-
tuygularning kelib chiqishi, organizmdagi fiziologik uzgarishlar, jumladan,
yurak urishining tezlashishi, nafas olishning uzgarishi, kon bosimi, teri 
pigmentasiyasi hamda sekresiya bezlarining funksiyalari bilan uzviy boglikdir. 
Ularning fikricha avval odamning organizmdagi fiziologik uzgarishlar sodir 
bo’ladi, shuning natijasida emosional xayot yoki xis-tuygu paydo bo’ladi.
Ularning fikricha, biz yiglaganimiz uchun xafa bo’lamiz, kulganimiz uchun 
kuvonamiz.
Kennon nazariyasiga kura, emosional xolatni yuzaga keltiruvchi, qo’zg’atuvchi
ta’siri miyaning talamus degan kismiga ta’sir kiladi. Shu tufayli emosional xolat 
va organizmdagi fiziologik o’zgarishlar bir vaqtning o’zida yuzaga keladi. Bu 
nazariya ko’plab psixologlar tomonidan tan olingan.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin