O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Faol o’rganish jarayonida o’rganuvchilarning ruhiy va jismoniy faolligini



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175
psixologiya

Faol o’rganish jarayonida o’rganuvchilarning ruhiy va jismoniy faolligini
oshiruvchi maxsus mashqlar (enerjayzerlar) va ulardan foydalanish. 
Psixologiyadan amaliy mashg’ulotlar jarayonida darsni jonli va qiziqarli 
tashkil etish uchun quyidagi talabalarning ruhiy va jismoniy faolligini
oshiruvchi maxsus mashqlardan (enerjayzerlardan) foydalanish mumkin: 
«Shamol esmoqda» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida stullarga o’tirishadi. Bitta odam 
aylana markazida turadi va boshlovchi hisoblanadi. Boshlovchi « kuchli shamol 
. . . tomonga esmoqda » deydi. Bunda boshlovchi boshqa ishtirokchilarga yoki 
butun guruhga xos bo’lgan belgilarni (masalan: ko’zning rangi, kiyimning 
belgisi. . . ) aytadi. Kimgaki bu belgilar xos bo’lsa, ular joyidan turishadi. Joy 
yetmay qolgan ishtirokchi boshlovchi bo’ladi. Qo’shni o’rinlarni egallash 
mumkin emas.
«Bunga-Yunga» mashqi.
O’yin ishtirokchilari aylana shaklida turishadi. Boshlovchi boshqa 
ishtirokchilar bilan turadi va «A-a-a-a» deya baland kuylay boshlaydi. Keyingi 
ishtroqchi davom ettirib ketadi, hamda shu tarzda o’yin boshlovchiga qadar 
davom etadi. So’ngra barcha ishtirokchilar baland sakrab «Bunga-Yunga» deya 
qichqiradi. Mashq 3 marta takrorlanadi. Bu mashqlar qon aylanishini 
yaxshilashni yo’lga qo’yadi va ishtirokchilarning umumiy tonusini ko’taradi.
«Dohiyni top» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turishadi. Bir ishtirokchi o’z 
ixtiyoriga ko’ra tashqariga chiqariladi. Qolganlar o’rtada dohiyni tanlaydilar.
Uning buyrug’iga binoan butun guruh qandaydir mashqlarni «qo’l silkitish,
chapak chalish va hokazolarni» bajarishadilar. Mashqlar vaqtma-vaqt almashib 
boraveradi, tashqaridan qaytib kirgan ishtirokchining vazifasi esa, guruhni kim 
boshqarayotganini, «Dohiy» kimligini topishi bo’ladi. Bu mashqning qiyinligi 
shundaki, ishtirokchilar dohiyga to’g’ri qaramaydi.
«Tropik yomg’ir» mashqi 
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turadilar. Boshlovchi harakatini 
bajarib ko’rsatadi va bu ishtirokchilar tomonida boshlovchiga qadar davom 
etadi. Boshlovchi bo’lsa harakat to’rini o’zzgartiradi va bu ishtirokchilar 
tomonidan shu tarzda davom etiriladi.


228 
Harakatlar ketma-ketligi: 
Barmoqlarni qirsillatish; kaftini kaftiga urish; kaftlar bilan ko’krakka 
urish; oyoqlarni topillatish; shu tarzda yana ketma-ket bajarilaveradi. O’yin 
davomida hosil bo’ladigan tovush «Tropik yomg’iri» tovushiga juda ham 
o’xshaydi.
«Paravozcha» mashqi.
Barcha ishtirokchilar 3 kishidan bo’lib guruhlarga bo’linadi.
Guruxdan biri «Paravozcha» qolganlari «vagonlar» bo’lishadi.
«Paravozchalar» ko’zlarini yumadilar «Vagonlar» bo’lsa «paravozcha»ning 
harakatini boshqa «paravozchalar» bilan to’qnashmaydigan qilib boshqaradi.
topshiriq.
«Vagonlar» «Paravozchani» shunday yo’naltirishadiki, u boshqa 
«qismlar» bilan «bog’lanishi» kerak. O’yin barcha «qismlar» aylana holda 
birlashgandan keyin tugaydi.
«Sirli farvater» mashqi.
Bu mashqda to’siqlarni yengishga mo’ljalangan 7-8 ishtirokchi 
paravozcha bo’lishadi va bir-birini orqasidan ushlashadi. 1-turgan kishidan 
boshqa barchani ko’zlari bog’lanadi. 1-ishtirokchi (boshіaruvchi kishi) Hech bir 
so’z aytmasdan, parovozchalarni qarama-qarshidagi devorgacha olib borishi 
kerak. O’yinning qiyinchiligi shundaki, dum sudralish xususiyatiga ega va 
«mina»larga to’qnashib ketishi mumkin. Bu hodisa yuz bermasligi uchun har 
bir ishtirokchi o’zidan oldingisining harakatini aniq qaytarishi lozim. Mashqni 
minalar sonini ko’paytirish va o’zgartirish bilan murakkablashtirish mumkin.
«Timsoh va qurbaqalar» mashqi.
O’yin uchun uning yordamida shovqin hosil qilish mumkin bo’lgan biror 
bir predmet zarur va bu predmet timsohning qo’lida turishi kerak (temir banka,
tayoqcha). Xonani xovuz deb tasavvur qilish mumkin. O’yin ishtirokchilari 
qurbaqalar vazifasini, faqatgina bitta ishtirokchi timsoh vazifasini bajaradi.
Polga gazeta varaqlari sochib tashlanadi. Bular suzuvchi barglar hisoblanadi.
O’yin qoyidalari: 
-Timsoh qurbaqalarni yeyish, qurbaqalar esa o’zlarini himoya qilishlari 
kerak; 
-Timsoh shovqin chiqarsa bu uning uxlayotganidan, va hurrak 
otayotganidan darak beradi va bu vaqtda qurbaqalar xavfdan holi bo’ladilar; 
-Shovqin tinganda esa qurbaqalar barglar ustida xavfsiz bo’ladi; 
-Timsoh shovqin chiqarganda qurbaqalar hovuz bo’ylab harakatlanishi,
ammo barglar ustiga chiqmasligi kerak; 
-Shovqin tinganda timsoh ularni tutib olmasdan oldin ular barglar ustiga 
chiqib olishi kerak. Barglar ustida bir nechta qurbaqalar turishi mumkin, ammo 
bunda ular 2 oyoqlab turishganda, barglarni chetlari ko’rinib turishi kerak yoki 
bir oyoqda turishi ham mumkin.
-Shovqin chiqara turib, timsoh xona bo’ylab yuradi va har safar 3 yoki 4 
bargni yig’ishtirib oladi. Shovqin tugaganda barglar ustida noto’g’ri turgan 
qurbaqani o’yindan chiqadi. Keyin barchasi qaytadan takrorlanadi, barglarning 
bir qismi olib tashlanadi va shu tariqa o’yin davom ettiriladi.


229 
8. Hayvonlar qorong’ulikdan ozodlikka chiqib olishdi va har bir hayvon 
ovoziga ko’ra o’z juftini topishi kerak. O’yin ishtirokchilari 2 guruhga 
bo’linadi. Boshlovchi 1 va 2 chi guruhdagi har bir ishtirokchiga ma’lum bir 
hayvon nomini beradi va u guruhda yagona bo’lishi kerak. Har ikki guruh ham 
joyidan turib bitta yagona guruhga birlashadi. Ishtirokchilar ko’zlarini 
yumadilar va joylarida aylanishadi, aylana turib ular o’zlari tasvirlayotgan 
hayvonga xos tovushlar chiqaradilar. O’z juftini topgan hayvon u bilan birga 
chetga sekingina chiqib turadi va boshqa hayvonlar o’z juftlarini topgunicha 
kutib turadi.
«Tutqunlikdan qochish» mashqi.
O’yin anchagina energiya sarf qiladi, fasilatorlar komandasi o’yinni 
boshqarib turadi va vaziyatning nazoratdan chiqish xavfi tug’ilganda uni 
to’xtatishadi. Agar 2 juftlik bitta stulga talashib qolsa, ular sudya vazifasini 
ham bajarishadi, stullarni ikkita-ikkitadan qilib xonada har joyga qo’yib 
chiqishadi. Bu stullar orasi 1 metrdan kam bo’lmasligi kerak. 2ta stul xonaning 
markaziga qo’yiladi. Bu tutqunlik bo’ladi. Guruhni stulga o’tkazib chiqishadi.
Har guruh bir-birini qo’lidan ushlab oladi va o’yin davomida ular qo’llarini 
qo’yib yubormasligi kerak bo’ladi. «Tutqunlikda»gi juftlikka va boshqa 
juftliklarga ham nomer qo’yib chiqiladi va bu nomerlarni o’yin oxirigacha 
saqlash kerak bo’ladi.
«Tutqunlik»dagi juftlik o’yinni boshlaydi. Ular 2 yoki undan ortiq 
nomerni aytishadi va shu raqamdagi juftliklar o’zlariga yangi joy topishlari 
kerak bo’ladi. «Tutqunlik»dagi juftliklar ularning joylarini egallab olishga 
harakat qilishadi. Agar ular hamma juftliklarning o’z o’rinlarini almashtirishini 
hohlashsa «Tutqunlikdan qochish» deb baqiradi. «Tutqunlik»ga to’lib qolgan 
juftliklar yana shu tariqa o’yinni davom ettiradi.
«Uchuvchilar» mashqi.
Ishtirokchilar o’zlarini samolyot deb tasavvur qilishi kerak.
Boshqaruvchining vazifasi samolyotlar tezligini va yo’nalishini boshqarib 
turishdir. O’yin davomida boshqaruvchi samolyotlar tezligini va yo’nalishini 
o’zgartirib turadi.
«Fillar va palmalar» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turishadi. Aylana markazida turgan 
odam ishtirokchilardan birini ko’rsatadi va «fil» deydi. Tanlangan odam 
engashadi va qo’lini xartumga o’xshatib oldinga tutadi. Uning yonidagi 
o’yinchilar qo’llarini fil qulog’iga o’xshash tarzda engashtiradi. Agar o’yin 
markazida turgan odam «palma» desa, u ko’rsatgan atrofdagi kishilar daraxt 
shoxlarini tasvirlaydi. Agar markazdagi odam «Skuns» desa u ko’rsatgan odam 
aylanadi va qo’lini dumga o’xshatib ko’rsatadi. Uning atrofidagilar o’girilib 
olib burunlarini qisishadi.
«Boyo’g’li va sichqon» mashqi.
O’yin uchun ko’zni bog’lashga latta va toshlar bilan to’ldirilgan banka 
kerak. Boyo’g’lining vazifasi sichqonni to’tish, sichqoning vazifasi 
boyo’g’lidan qochish. 2 kishi tanlanadi, ulardan biri boyo’g’li va boshqasi 
sichqon bo’ladi. Ularni ko’zini bog’lab, qo’liga toshli bankalar beriladi. Ular 
bu bankalarni shaqqilatib, biri qochishi, ikkinchisi quvishi kerak. Qolgan 


230 
ishtirokchilar aylana bo’lib turishadi va bu bilan o’yinchilarning bir birini 
jarohatlab qo’yishning oldini olishadi. Agar boyo’g’li sichqonni to’tish o’rniga 
boshqa ishtirokchini tutib olsa, sichqon boyo’g’li bo’ladi va o’ziga boshqa 
sichqon qidiradi.
«Sabzavotli arava» mashqi.
Boshqaruvchidan boshqa hammada stul bo’lishi kerak. Avvaldan tuzilgan 
ro’yxatga ko’ra, u har bir ishtirokchiga qarab sabzavot nomini qo’yadi. Bunda 
kamida uchta odam bitta sabzavot nomini olishi kerak. Boshlovchi 
sabzavotning nomini aytib bajaradi va bu sabzavot nomini olgan o’yinchilar o’z 
o’rinlarini almashtiradi. Agar boshlovchi bu vaqtda o’yinchilardan birining 
joyiga o’tirishga ulgursa, joysiz qolgan o’yinchi boshqaruvchi bo’ladi. Agar 
boshqaruvchi «Sabzavotli arava» deb baqirsa, barcha o’yinchilar o’z joylarini 
almashtiradilar.
«Xa-xa» mashqi 
Barcha ishtirokchilar boshlarini yonida yotgan odamning qorniga 
qo’yganicha polga yotadi. Birinchi odam «xa» deydi, ikkinchi odam esa «xa-
xa» deydi va shu holda butun zanjir bo’ylab kulgu davom etadi. Agar polga 
yotish imkoni bo’lmasa, ishtirokchilar aylanma bo’lib turishadi va 1-variantdagi 
harakatlar bajariladi.
«Yozuv mashinkasi» mashqi.
Barcha ishtirokchilar bir chiziq yoki aylana bo’lib turadilar. Guruhga 
to’rtlik (gap, so’z birikmasi. . . )ni o’qish topshirig’i beriladi. Ular buni xor 
bo’lib o’qishlari kerak emas. Ishtirokchilar birin-ketin bittatadan harf aytadi.
Gapda chiziqcha bo’lsa, ishtirokchilar chapak chaladi, vergul va nuqtalarni 
ham shu tarzda biror belgi bilan belgilab olishi mumkin. Xato qilgan o’yindan 
chiqib ketadi. Uchta kishi qolganda barcha guruh o’yinni qaytadan boshlaydi.
«Qarsaklar» mashqi.
Guruh a’zolari bir chiziq bo’ylab, kolonna yoki aylana bo’lib turishadi.
Buyruqqa binoan birinchi kishidan boshlab har bir ishtirokchi bittadan 
qarsak uradi. Qarsaklar birin-ketin davom etishi kerak. Bir ishtirokchi 
faqatgina bir qarsak uradi. 20 kishilik guruhning mashqni bajarib bo’lishi 3 
sekund davom etadi.
«Kim tormoz» mashqi.
Ishtirokchilar juft-juft holda bo’linadi, stolning o’rtasida kichkina 
predmet turadi. 2 kishi 2 tarafdan qo’llarini predmetdan 1 xil masofada tutib 
turishadi. Boshlovchi har xil raqamlarni aytadi. Juft son aytilganda predmetni 
darrov ushlab olish kerak bo’ladi.
«Buzuq telefon» mashqi.
Ishtirokchilar bir chiziq bo’lib turadi. Boshlovchi qatorning oxirida 
turadi. Ishtirokchilar unga orqasi bilan turadi. U ishtirokchining yelkasiga urib 
o’ziga o’girilishini so’raydi va unga imo-ishoralar bilan qandaydir predmet 
tasvirini ko’rsatadi ( gugurt kutisi, pistolet. . . ) Birinchi ishtirokchi ikkinchisiga 
o’girilib, uni yelkasiga turtib o’ziga qaratadi va huddi shu imo-ishoralar bilan 
ko’rsatadi va shu tariqa o’yin davom etadi, oxirgi ishtirokchi ovoz chiqarib 
aytadi.
Sharti: barcha harakatlar ovoz chiqarilalmasdan bajariladi, faqat qaytarib 
ko’rsatilishi iltimos qilinishi mumkin. Ishtirokchilar o’zidan avvalgisi yelkasiga 
turtmagunicha o’girilmaydi.


231 
«Ko’prikcha» mashqi.
Bu mashq bir oz murakkab bo’lib, guruhning ilk shakllangan davrida uni 
bajarish tavsiya etilmaydi. Butun guruh ixtiyoriy ravishda 2ga bo’linadi.
Tajribalar ko’rsatishicha, o’zaro muloqotda muammolari bo’lgan insonlar 
boshqa-boshqa guruhlarni tanlashadi. Polga butun xona bo’ylab 20sm enlikda 
ko’prik rasmi chiziladi yoki doska tashlanadi. Bu ko’prikdan bitta komanda 1 
metr oraliq masofani saqlagan holda birin-ketin joylashadi. Ikkinchi 
komandaning xar bir ishtirokchisi qarama-qarshi guruh ishtirokchilari bilan 
to’qnashgan holda ko’prikdan o’tib olishlari kerak. Agar kimdir orqaga ketib 
qolsa ( u qaysi guruhdan bo’lishi qat’iy nazar ) butun komanda ko’prikdan 
o’tishni qayta boshlaydi, undan so’ng komandalar joylarini almashadi.
20-mashq.
Ishtirokchilar soni 10-15tagacha. Ishtirokchilar markazga yonbosh holda 
turishadilar. Boshlovchi qandaydir haraktni ko’rsatadi. Boshlovchi harakatidan 
so’ng, birinchi ishtirokchi birinchi harakatni ko’rsatadi, uchinchi harakatdan 
so’ng birinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni ko’rsatadi. Ikkinchichi ishtirokchi 
esa birinchi harakatni ko’rsatishi kerak. To’rtinchi harakatdan so’ng birinchi
ishtirokchi uchinchi harakatni, ikkinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni, uchinchi 
ishtirokchi birinchi harakatni ko’rsatadi. O’yin so’ngi ishtirokchi birinchi 
harakatni ko’rsatguncha davom etadi. Shunday qilib, navbati kelgan ishtirokchi 
o’zidan avvalgi ishtirokchining undan avvalgi harakatini ko’rsatishi kerak.
«Uzukcha» mashqi.
Ishtirokchilar 4 kishidan iborat guruhga bo’linadilar. Diametri 3-3, 5 sm 
bo’lgan uzukka 3ta ip bog’lanadi. 3 ta ishtirokchi ipning oxiridan ushlaydi,
ularning ko’zlari bog’lanadi, Uchinchi ishtirokchi uzukni polga yoki stolga 
o’rnatilgan sterjenga ulab qo’yadi, guruhlar o’rtasida tezlik bo’yicha musobaqa 
uyushtirilishi mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin