31
Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo’lishi
mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan
bo’lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning ichki psixologik sababi,
ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o’zi
anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga
ega, chunki biz ko’pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat
jamoasida o’zimizning nima sababdan aynan shu mavqyeni tanlaganimizni,
aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan
yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko’pincha ijtimoiy
ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga
nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir.
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning
ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq
sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi.
Buning
uchun
ijtimoiy
xulqning
motivlari
aniqlangan,
ehtiyojlar
muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak.
Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: