120
Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog’lanishlarni bevosita aks
ettirishdir. Bu xususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli xodisa va voqyealar
o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Tafakkurning uchinchi xususiyati so’z /nutq/ orqali narsa va xodisalar
o’rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. Insonnning fikr
yuritishi bir va undan ortio’ so’zlar, tushunchalar vositasida ifodalanadi.
Shuning uchun odam o’ylayotganda o’z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda
esa fikr yuritayotgandek tuyiladi.
Ergash G’oziyev o’zining «Tafakkur psixologiyasi» /Toshkent,
«O’qituvchi» nashriyoti, 1990 yil/ kitobida tafakkurga quyidagicha ta’rif bergan.
«Tafakkur atrof muhitdagi voqyelikni
nutq yordami bilan bavosita,
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik prosess, sosial sababiy bog’lanishlarni
anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo’naltirilgan aqliy
faoliyatdir». Bizningcha, ushbu ta’rifda tafakkurning eng muhim xususityalari
va funksiyalari sanab o’tilgan.
Fikrlash operasiyalari:
1. Analiz va sintez.
2. Taqqoslash.
3. Abstraksiyalash.
4. Umumlashtirish.
5. Konkretlashtirish.
6. Klassifikasiyalash.
7. Sistemalashtirish.
Analiz – shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va
xodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo’lib /ajratib/, ularning ayrim qismlari
va xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Sintez – shunday
bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va xodisalarning
analizda bo’lingan ayrim qismlari, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki
amaliy ravishda birlashtirib, butun xolga keltiramiz.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning
ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez
qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun holda
bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: