O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175
psixologiya

3.Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash. 
Iroda insongagina xos muhim xususiyat bo’lib, u shaxsning turli-tuman 
faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Iroda inson faolligining muhim tomonini 
tashkil etadi.
Odam tevarak-atrofdagi olamni o’z sezgi, idroklari yordamida bilib,
o’rganibgina qolmay, uni o’z ehtiyojlari, zaruriyatlariga moslab o’zgartiradi 
ham. U o’z aql-idroki yordamida zarur natijani qo’lga kiritish uchun qachon,
qayerda va qanday kuch–g’ayrat sarf etish zarurligi, ish faoliyatini qanday 
tashkil etish kerakligini belgilaydi. Ko’p hollarda murakkab hatti-harakatlar
natijasidagina tegishli yutuq qo’lga kiritiladi. Bunday harakat davomida 
obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keladi.
Kuch-g’ayratni vujudga keltirish, qancha vaqt kuch-g’ayrat zarur bo’lsa,
uni o’shancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining 


131 
shunday bir sohasiki, bu orqali odam o’z ishiga faol kirishadi va uni 
muvofiqlashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o’z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli 
zaruratdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo’nalishda va 
oldindan nazarda tutilgan kuch-g’ayrat bilan tegishli ish harakatlarni bajarishi 
mumkin. Bundan tashqari, odam o’z psixik faoliyatini tegishli ravishda 
uyushtirish hamda uni muayyan bir mazmunga yo’naltirishi ham mumkin.
Odam o’zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan 
bilintirmaslikka harakat qilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi 
bo’lgan holatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan,
odam hatti-harakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi,
ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining
psixik faoliyatini uyushtiradi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin