O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shaxs va irodaviy harakatlar



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175
psixologiya

Shaxs va irodaviy harakatlar. Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga 
qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina 
iborat emas. Balki irodaviy harakat o’ziga xos xususiyatga egadir. Buning 
ma’nosi shuki, odam o’z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga 
ega bo’lgan maqsadlarga o’zi uchun unchalik ahamiyatli bo’lmagan boshqa 
hatti-harakat motivlarini buysundiradi.
Iroda kishining o’z hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni, bir 
qator intilish va istaklarni tiyib turishni taqoza etadi. Irodaviy harakat shundan 
iboratki, bundan odam o’zini-o’zi idora qiladi, o’zini-o’zi qo’lga oladi, o’z his-
tuyg’ularini nazorat qilib turadi va kerak bo’lib qolgan paytlarda ularni bosa 
oladi. Irodaning namoyon bo’lishi ish-harakatlarda ongning ishtirok qilishi 
bilan bog’liq bo’lgan shaxs faolligidir.
Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng miqyosda anglangan va psixik 
jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zo’r berishni talab 
qiladigan bir qator ishlarni taqoza qiladi.
Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo’lini aniqlaydigan, uning 
ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’lik bo’ladi. Bunda 
burch hissi, Vatan va xalq oldidagi burchini aniq anglash namoyon bo’ladi.
Bo’larga misol qilib Ulug’ Vatan urushi davridagi kishilarimizning 
qahramonliklarini ko’rsatishimiz mumkin.
Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari.
Irodaviy faoliyat turli-tuman harakatlar natijasida amalga oshiriladi.
Harakatlar esa suyak-muskul sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi.
Ma’lumki, insonda turli harakatlarni vujudga keltiradigan 600 dan ortiq katta va
kichik muskullar mavjuddir. Bu muskullarning harakati alohida-alohida, bir-
biridan ajralgan holda emas, balki ularning birgalikdagi faoliyati tufayli hosil 
bo’ladi. Insonning istalgan bir harakatida bir guruh muskullar albatta ishtirok 
etadi. Bosh miya yarim sharlarida harakatlarni boshqaruvchi maxsus uchastka 
bor. Bu yerdan tanamizning barcha qismlariga nerv tolalari ketgan bo’ladi. Bu 
markaz teskari aloqa usulida ishlaydi va harakatlarimizni boshqarib, tartibga 
solib turadi. Bordi-yu harakat markazi ishdan chiqsa, odamning harakatlari 
ham bir-biri bilan uyg’unlashmaydi, izdan chiqadi, qilmoqchi bo’lgan ish-


132 
harakatlarni odam to’g’ri bajara olmaydi. Buni spirtli ichimlik iste’mol qilgan 
kishi harakatida ko’rish mumkin.
Irodaning nerv-fiziologik mexanizimi sifatida bosh miya katta yarim 
sharlari po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan faoliyatini 
ham ko’rsatish mumkin.
Demak, irodaviy harakatlarning mexanizmini bosh miyadagi harakat 
markazi faoliyati, suyak-muskul sistemasining faoliyati, shartli reflekslar va 
ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin