136
Barcha guruhlar uchun tarqatma material.
Psixologiyaning asosiy metodlari
ASOSIY METODLAR
Asosiy metodlarning variantlari
KUZATISh METODI
Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
SO’ROV METODLARI
Og’zaki so’rov
Yozma so’rov
Erkin so’rov (suhbat)
Standartlashtirilgan so’rov
Sosiometrik so’rov
TESTLAR
METODI
Test – so’rov
Test - topshiriq
Proyektiv test
EKSPERIMENT
Tabiiy. Laboratoriya. Shakllantiruvchi
MODELLAShTIRISh
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish
Kibernetik modellashtirish
Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs
u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida
birlamchi
ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus
tarzda ishlatilishi mumkin.
1 – guruh uchun tarqatma material.
Kuzatish metodi Kuzatish kuzatish metodi eng sodda, odam xulq
atvorining ko’rinadigan, faoliyatda namoyon bo’ladigan tomonlarini o’rganish
uchun qo’llaniladigan uslubdir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida
kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish
maqsadida
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Kuzatish psixologik o’rganish uslubi sifatida oddiy kundalik hayotdagi
kuzatishdan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Maqsadga yo’nalganligi. Kuzatish psixologik o’rganish usulubi sifatida
qo’llanilganida, nima uchun ya’ni qanday maqsadda kuzatilayotganligi aniq
bo’lishi va o’quvchini
umuman kuzatish emas, balki uning ma’lum bir shaxs
xususiyatining (masalan, temperamentning) har xil vaziyatlarda yoki faoliyatda
namoyon bo’lishini kuzatish zarur.
Oldinda rejalashtirilganligi. Kuzatishni boshlashdan oldin kuzatish
vazifalarini (ya’ni nimani kuzatmoqchisiz) aniqlab kuzatish rejasi tuziladi. Bu
rejada kuzatish rejasi, vositalari, kuzatishda hisobga olinadigan ko’rsatgichlar,
137
uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va ularning oldini olish masalalari o’z
aksini topishi lozim.
Kuzatish o’quvchilar uchun tabiiy sharoitda olib borilishi lozim.
Obyektivligi. Kuzatish jarayonida o’qituvchi o’zining taxminlariga
asoslanmasligi, o’ziga ko’rishini xoxlagan narsa yoki xususiyatlarni izlamasligi,
balki
faqat obyektiv faktlarini, o’quvchilarni haqiqiy namoyon bo’layotgan
harakatlarini hisobga olish va shu faktlar natijasida ma’lum xulosalar qilishi
lozim. Kuzatuvchilar soni 3-4 kishi bo’lsa, kuzatish natijalarining obyektivligi
ortadi.
Kuzatish natijalarini yozish kog’ozining mavjudligi kuzatish jarayonida
olingan
natijalar, albatta, kuzatish jarayonida yoki darhol undan keyin yozib
borilishi lozim. Yozuvlar muayyan tartibda (ma’lum vaqt o’lchami bo’yicha)
olib boriladi. Qulaylik uchun odatda kuzatish sxemalari va jadvallaridan
foydalaniladi.
Kuzatish uslublarining afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda
o’tkaziladi, u sodda maxsus apparatura va asbob uskunalar talab qilmaydi. Bu
usulning kamchiligi – uzoq vaqt va anchagina mehnat talab qilishidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish
maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan,
bayram arafasida aholining
kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki
dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars
jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini
bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin.
Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon,
kim va
kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan,
kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs
xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil
qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda
qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi.
Umuman,
kuzatish
metodining
ijtimoiy
hayot,
professional
ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor,
lekin shu bilan birga
kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq
bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish
xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u
boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: