O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Test: Siz fikrlash bo’yicha kimsiz?



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175
psixologiya

 
Test: Siz fikrlash bo’yicha kimsiz? 
Ko’rsatma: Quyida keltirilgan savollarni diqqat bilan o’qib chiqing va 
ularga o’z javobingizni bering. Javobni berishda uzoq o’ylanib o’tirmang.
Xayolingizga kelgan birinchi javobni bering. Fikrlash uchun 10 daqiqa.
Farhod soat sakkizda budilnikni soat to’qqizga qo’yib uyquga yotdi. U 
necha soat uxlaydi? 
Shuhratning o’nta qo’yi bor edi. To’qqiztasidan boshqa hammasi o’lib 
qoldi. Nechta qo’y qoldi? 
Siz Toshkentda qo’nib o’tadigan Pekin-Moskva reysi bo’yicha samolyot 
uchuvchisiz. Reys haftada ikki marta bo’ladi. Uchuvchining yoshi nechada? 
Tungi qorovul kunduzi o’lib qoldi. Unga nafaqa to’lanadimi? 
Erkak kishi o’zining bevasini singlisiga uylanishi mumkinmi? 
Avstraliyada (ham) to’qqizinchi may bormi? 


211 
Oylar o’ttiz, o’ttiz bir kunlari bilan tugaydi. Qaysi oyda yigirma sakkiz 
bor? 
Arxeologlar «eramizdan avvalgi» chiqqan yigirma besh tiyinni topib 
olishdi. Shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi? 
Siz notanish xonaga kirib qoldingiz. U yerda benzin va gaz bilan 
yonadigan chiroqlar bor ekan. Siz birinchi bo’lib nimani yoqishingiz kerak? 
Ota va o’g’il avtohalokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok 
bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani 
ko’rib: «Voy xudoyim-ey bu mening o’g’lim-ku!» - deb yubordi. Shunday ham 
bo’lishi mumkinmi? 
Olttita sham yonib turgan edi, to’rttasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham 
qoldi? 
Ikki kg girya (tosh) bir kg va yarimta g’ishtga teng (og’irlikka) ega. Bitta 
g’ishtning og’irligi qancha? 
Qo’llarda o’nta barmoq bor, o’nta qo’lda nechta barmoq bo’ladi? 
Birdan yuzgacha bo’lgan sonlar qatorida nechta to’qqiz bor? 
Yog’ochni o’n ikki bo’lakka bo’lish uchun, uni necha marta arralash 
kerak? 
Samarqanddan Toshkentga va Toshkentdan Samarqandga qarab bir vaqtda 
ikki poyezd yo’lga chiqdi. Samarqanddan Toshkentga kelayotgan poyezdning 
tezligi ikkinchisidan uch marta katta. Uchrashgan vaqtda ularning har biri 
Toshkentdan qancha masofada uzoqlikda bo’ladi.
Ko’p qavatli binoning o’n oltinchi qavatida bir odam yashaydi. U har kuni 
ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib so’ng ishga ketadi. Kechki payt 
ishdan qaytayotganida esa o’ninchi qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga 
piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi? 
Vrach bemorga o’ttiz minut oralig’i bilan uchta ukol belgiladi. Bemor 
ularning hammasini qancha vaqt ichida olib bo’ladi? 
Bir kishi: «Bu mening bolam, lekin o’g’lim emas», - deb, ayanch bilan 
yig’lab o’tiribdi. Shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi? 
Ikkita tanga bor va ularning yig’indisi o’n besh so’m. Lekin ularning 
bittasi besh so’m emas. Nimaga shunday? 
Savollarga javob berishda har to’g’ri javob uchun «+» noto’g’ri javob 
uchun «-» belgisi qo’yiladi. Faqat «+» belgili javoblargina hisoblab chiqiladi va 
shunga ko’ra sinaluvchining xarakteristikasi belgilanadi.
Sinaluvchidan 4, 5, 6, 9, 10, 19, 20-savollarga berilgan javoblarga 
izoh berish talab qilinadi. Izohlar asosli bo’lsagina (tavakkal, tasodifiy javoblar 
bo’lmasa) ular to’g’ri deb hisoblanadi.
Javoblar: 
1) 1 soat; 2) 9 tasi; 3) sinaluvchining yoshi; 4) yo’q (chunki o’lgan odamga 
nafaqa berilmaydi); 5) yo’q (chunki u kishining o’zi o’lib ketgan, o’lgan 
nafaqat xotinining singlisiga, balki umuman uylana olmaydi); 6) ha (bu kun 
hamma joyda, kalendarda bor); 7) hammasida; 8) gugurtni; 9) yo’q (u vaqtlarda 
tanga, tiyin bo’lmagan); 10) ha (bu uning onasi); 11) 6 ta; 12) 2 kg; 13) 50 ta; 


212 
14) 20; 15) 11 marta; 16) bir xil masofada; 17) bo’yi yetmaydi (liliput odam 
bo’lgan); 18) 1 soatda; 19) ha (bu uning qizi); 20) bittasi 5 so’m bo’lmasa,
ikkinchisi 5 so’m 
Noto’g’ri «-» javoblar bo’yicha xarakteristikalar: 
0 dan 2 gacha – geniy; 
3 dan 4 gacha – intellektual (zehni o’tkir, aqlli); 
5 dan 8 gacha – mulohazali; 
9 dan 10 gacha – o’rtacha; 
11 dan 12 gacha – aql uchqunlari ko’rinib turuvchi odam; 
13 dan 14 gacha – fikrlash doirasi o’rtadan past; 
17 dan 18 gacha – fikrlash doirasi va qobiliyatini rivojlantirish ustida jiddiy 
ishlashlashlari zarur kishilar.
4. Tafakkur turlari. Tafakkurning individual xususiyatlari.
Hayol va uning turlari. Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat. Kichik 
guruhlarda ishlash uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga 
quyidagi tarqatma materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar 
tayyorlash topshiriladi.  Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va xar bir gurux 
taqdimoti uchun 3 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa
ajratiladi 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin