O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitet Gumanitar fanlar fakulteti “Milliy g‘oya ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi” kafedrasi “Milliy g‘oya ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi” bakalavr yo‘nalishi
“ MA’MURIY HUQUQ ” fanidan
MUSTAQILISH
Mavzu: Ma’muriy hujjat
Bajardi: 1-kurs talabasi Chariyeva Asila
Tekshirdi: Hojiyev R.B
Chirchiq-2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagiladan iborat
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini taʼminlash;
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, taʼlim mazmuni va darajasini davlat taʼlim standartlari va malaka talablariga mosligini taʼminlash;
taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangilash;
iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
taʼlim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tizimli ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtashni tashkil etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qoʻshma oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sohada erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
oʻquv va ilmiy laboratoriya bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.