Do'stlaringiz bilan baham:hajmi, kuchi, ko'chuvchanligi, iroda qila olishi, safarbarli taraqqiy etgan bo'lishi bo'lishi juda muhimdir.
9. Kommunikativ qobiliyat - kishilar bilan bo'ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir - biri bilan til topib ishlashni ta'minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari konstruktiv - o'qituvchining o'z ishini loyihalashi rejalashtirishi pertseptiv -idrok jarayonining obyektlarini birinchi bo'lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya va boshqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat- o'quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.
Qobiliyat va zehn. O'qituvchining o'z qobiliyatini rivojlantirib borishi.Zehn qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo'llarining tovush naychalari va tomon ustki qismining tuzilishi o'quvchida vokal kurtak bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shu narsani alohida ta'kidlash lozimki,har qanday zehn turlicha ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatning rivojlanish uchun xizmat zehnning mavjudligi muhimdir.Zehn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatiga nisbatan ajoyib zehnli bo'lishi mumkin, agarda sharoit bo'lmasa, mana shu zehn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mustaqil Respublikamiz o'z huquqini qo'lga olgandan so'ng turli kasb egalari turli tuman yangi -yangi ixtirolar qilmoqdalar qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (musiqa, sport, olimpiada o'yinlari va boshqalar namoyish etib kelmoqdalar. Maktabda bola qobiliyatini rivojlamnishi bevosita o'qituvchi - tarbiyachi rahbarligida olib boriladi. O'quvchi qobiliyatini rivojlantirish uchun uning iste'dod nishonalari zehnini hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatning erta namoyon bo'lishi bolaning favqulotda zehnga ega ekanligini ko'rsatadi.Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko'pincha, shu kishilarning hayot yo'lini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib quyamiz. Holbuki shu odamlarning maslahati, qo'llab - quvvatlashi shunday mashhur kishilar yetilib chiqqanligidan guvohdir.O’qituvchining pedagogik mahoratini doimiy oshirib borish va uni rivojlantirishda maktabdagi metod birlashmalar hamda kabinetlarning xizmati katta. Metod birlashmalarda o’qituvchilar fikr almashadilar: o’zaro kuzatilgan darslar muhokama qilinadi. YOsh va tajribasiz o’qituvchilarga maslahatlar uyushtiriladi, ilg’or tajribalarni keng ommalashtiradilar.
- Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta’lim tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
- Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ish vaqti va usullari, uslub va vositalaridir, Ular vositasida o’quv — tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
- Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv tarbiya jarayoniga sifatli o’zgarishlar kiritadi. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
- Fan — texnika taraqqiyoti o’qituvchining ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o’quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun o’qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O’qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi davomida omillarni to’playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o’qituvchisi uchun zarur bo’lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
Maktabda pedagogik mehnatni ilmiy asosda tahlil qilish muammosi ko’pincha darsda vaqtdan unumli foydalanish, sinfdan tashqari tadbirlardan va o’qituvchi tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi.
Pedagogik mahoratni ilmiy - asosda tashkil etish mazmuni ancha keng tushuncha bo’lib, unga avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni to’g’ri tanlash va joy - joyiga qo’yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo’llanilayotgan usullar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim - tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
Ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati ular o’quvchilar mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog’liq. O’qituvchi o’quvchilarga mustaqillik ko’rsatish uchun sharoit yaratsa, o’quvchilar bilimlarini bamisoli o’zlari olayotgandek tuyulsa, mazkur metod samarali bo’ladi.
Ta’lim metodlarida o’qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, yning psixologik - pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo’ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlarini samoradorligini belgilaydi. Muayyan metod yaxshi tayyorgarligi bo’lgan o’qituvchida o’z afzalliklarini namoyon qilsa, tayyorgarligi zaif bo’lgan o’qituvchida shu metodning o’zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. SHu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o’qituvchining tayyorgarlik darajasi prinsipial ahamiyatga ega. O’qituvchi ijodiy pedagogik faoliyati va o’quvchilar ijodiy faoliyatining ta’lim metodida o’z ma’lumoti, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi darajasini qanchalik aks ettirishiga bog’liq. Bunda ijodiyot uchun qancha imkoniyatlar bor.
Bilim faoliyati xususiyatlarini, uning ziddiyatlarini o’qituvchining anglab olish izlanish xarakteridagi o’quv vaziyatini shakllantirishi va ularni hal etish jarayonini boshqarish imkonini beradi.
Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi ta’lim metodlarini takomillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday tajribani umumlashtirish va yoyish o’quv jarayoni sifatini oshirishning muhim shartidir.
O’qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo’la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi.
Pedagogik faoliyatning nazariy asosiy kasbga oid bilimlardir. U faqatgina o’z predmetini emas, balki pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarini o’zlashtirishi va ularni muntazam to’ldirib borishi lozim. Ilmiy psixologik — pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri tavsifnomasini tuzishgina emas, balki o’quvchilar jamoasi bilan va uning hap bir a’zosining rivojlanishi istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. O’qituvchi tarbiyachining amaliy faoliyati bu ko’plab pedagogik vazifalarni beto’xtov hal qilishdir. O’zining kasbga doir bilimlar to’plamidan ijodiy foydalangan o’qituvchigina ularni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin.
Pedagogik odobini egallash o’qituvchidan o’z ustida puxta, o’ylab ishlashni talab qiladi. O’qituvchi o’z hatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan o’quvchilar hatti - harakatiga o’z munosabatini bildira bilish kerak. YA’ni pedagoglik odobi o’qituvchida o’z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bo’lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagoglik mahoratning tarkibiy qismi bo’lib, u pedagoglik texnikasi deb ataladi. O’qituvchining pedagoglik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga jiddiy e’tibor beriladi va bu o’rinda o’qituvchi o’z pedagoglik mahoratini, kasbga doirvazifalarni hal qilish qanchalik qo’lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo’llarni axtarishi talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’z hatti - harakati, turmush tarzi, o’z qiyofasi va bilimi bilan ta’sir qiladi. Uning madaniyati, hakgo’yligi va ma’naviy sifatlari o’quvchilar tomonidan har xil tarzda qabul qilinadi. SHuning uchun ham o’qituvchi u qaysi fanni olib yuksak namuna, o’rnak bo’lishi kerak.Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan o’qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. Masalan: "Ota o’zining 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi va unga deydi:- Taani ol.
- Eski taqa uchun egilib o’tiramanmi - deb gap qaytaradi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi egilib taqani oladida, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshladi. Bir oz yo’l yurgandan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z - ko’z qilib bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir donasini yerga tashladi. O’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib og’ziga soladi. Otasi olchani ketma - ket tashlaydi. O’g’li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib yegandan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga uzata turib deydi: "Ko’rdingmi o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar yengil mehnatni og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duch kelasan!"
Bu hikmatning pedagogik ta’sirini salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda o’qituvchi quyidagi savollar orqali murojaat qilishi mumkin:
- Otaning talabi to’g’rimi yoki yo’qmi? Sababini ochib bering.
- Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to’grimi?
- Bolaga dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi. Bu borada sizning fikr - mulohazalaringiz qanday?
Tarbiya jarayonida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: bolaga qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish, o’quv tarbiya jarayonida o’qituvchi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari bilan yondoshadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi.
O’qituvchining pedagogik asosda quyilgan talablarni tushuntirish nojuya harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va jamoada moslashguncha ketma - ket talablar quyiladi. YUqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obruyiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:
- Tarbiyachi tomonidan talabni to’ppa - to’gri qo’yilishi. Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Mashhur pedagoglardan biri A.S.Makarenko "Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa jamoani tarbiyalashni boshlab bo’lmaydi" degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yuliga boshlash uchun xizmat qilishi;
- talabning ijobiy bo’lishi va bolaning hatti - harakatlariga to’sqinlik qilmasligi;
- talabning aniq va tushunarli bo’lishi;
- qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;
- talab ochiq chehra bilan, samimiy bir ohangda berilishi, iltimos, maslahat shaklida bo’lib, bolani yaxshi niyatga chorlashi;
- talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo’lishi;
- talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalar.
Kishilik jamoasi paydo bo’lgan davrdan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilishi va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va amaliy asoslari, mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib, o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z - o’zini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
· sinf boshlang’ich jamosini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish;
· o’quvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralarini jamoada jipslashtirish;
· shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;
· jamoada bir - biriga mehr- oqibat, muruvvat va saxiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalarini tashkil qilishda o’qituvchidan turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi.
1. O’qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashuv darsida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik talablarini to’g’ri qo’ya bilish bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
2. O’quvchilar jamoasida yetakchi kuch tayanch o’zagini tanlash.
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Har bir o’qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim - tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o’stirishi kerak. O’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab ularning ko’ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi kerak. Muomala madaniyati o’zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: "Bola shirin so’zning gadosi". Bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "SHirin so’z kungillar uchun bamisli asaldir".Yana bu haqda Husayn Voiz Koshifiy shunday deydi: "Nasihatli shirin so’z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas".Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo’lgan eksperimental tayanch o’quv rejasi va dasturlar har tomonlama puxta o’rganilishi zarur. Ushbu dastur va rejani yaratishda mamlakatimizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Unda avvalo o’quvchilarni psixologik,fiziologik xususiyatlariga muhim o’rin berilgan.Umumta’lim maktablari hamda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim - tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqishga e’tibor qaratilmoqda.
· ta’lim tarbiya shakllari, usuli, vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish;
· ta’lim-tarbiya hamda madaniy - ma’rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida zamonaviy jihozlash;
· o’qituvchi murabbiylar ijodkorligini ta’minlash, kasb mahoratlarini oshirishning samarali yo’llarini topish;
· oila, mahalla, maktabda ta’lim - tarbiya mazmunini mukammal ishlab chiqish amaliyotiga keng tadbiq etish.Shunday qilib o’qituvchinin mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu haqdagi g’amxo’rligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug’ yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo’ladi.