14
shuningdek to‘lovlarning oliy ta’lim muassasasining hisob varag‘iga kelib
tushganligi asosida abituriyentni yoki tegishli komissiyalar tomonidan belgilangan
tartibda o‘qishini ko‘chirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni oliy
ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.
11. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, o‘quv yili davomida Davlat
komissiyasining qarori qo‘shimcha ravishda chiqarilganda yoki Davlat komissiyasi
tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilganda, abituriyentni yoki
belgilangan tartibda o‘qishini ko‘chirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan
talabalarni oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli
buyruqni chiqarish muddati ham uzaytirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: