Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi


maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/47
tarix22.12.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#121678
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
----------------------------------------------------

maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish 
uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim 
muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus
va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va 
professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, 
o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi 
o‘rinlarda – ta’lim tashkiloti) va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda 
magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida 
tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi 
huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – 
Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini (keyingi o‘rinlarda – ta’lim 
kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi. 
Ushbu Nizom qoidalari: 
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan; 
tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa 
manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
2. Ta’lim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, 
to‘lovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida 
belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
3. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr 
hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt 
asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini 
ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga (keyingi 
o‘rinlarda – kredit oluvchi) beriladi. 
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari 
(ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar 
ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari 
mumkin.


25 
Ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni 
va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir 
martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
4. Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati 
tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. 
Bunda, ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim 
tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa 
kredit oluvchi tomonidan ta’lim tashkilotida ta’limning ushbu turi bo‘yicha 
o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng yettinchi oydan 
boshlab amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin