O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 53,13 Kb.
səhifə1/7
tarix15.02.2023
ölçüsü53,13 Kb.
#123413
  1   2   3   4   5   6   7
TAT 60 соат Шамситдинов Ф Bahorgi semestr biologiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI




«TASDIQLAYMAN»
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ___________B.B.Sobirov
202___ yil “___” ________




tA’LIMDA axborot texnologiyalari
FANINING O‘QUV DASTURI (Sillabus)


Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 – Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi:

60110900– Biologiya, qo’shimcha Tabiiy fanlar


Fanning asosiy parametrlari

( Fan/ modul kodi )
TAT1304

O‘quv yili
2022/2023

Semestrlar
4

Kreditlar
4

( Fan/ modul turi )
Majburiy fanlar

Ta’lim tili
O’zbek

Haftadagi dars soatlari
4 soat

Fanning nomi
tA’LIMDA axborot texnologiyalari

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
60s

Mustaqil ta’lim
(soat)
60 s

Jami yuklama (soat)
120 s


Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti

T/r

Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

1

Ma’ruza










30













2

Amaliy










30













3

Seminar

























4

Labaratoriya

























7

Jami auditoriya soatlari










60













5

Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar










60













6

Kurs loyihasi va kurs ishlari

























8

Jami yuklama










120















I. Faning mazmuni


Fanning maqsadi - talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan axborot-kommunikatsion texnologiyalari, kompyuter grafikasi va uning turlari, web sahifalar dizaynini yaratish yo‘llarini o‘rgatish, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari, elektron tijorat tizimlaridan foydalanish hamda bo‘lajak fan o‘qituvchisi sifatida mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yetarlichi bilimlar berishdan iborat.


Fanning asosiy vazifasi - talabalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalari, kompyuter grafikasi va uning turlari, web sahifalar yaratish, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari bilan ishlash, elektron tijorat tizimlaridan va elektron ta’lim resurslarini yaratishni o‘rgatishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Taʼlimda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Axborot texnologiyalari, tushunchasi va ularning turlari. Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari. Informatikaning tuzilmasi. Axborotni o‘lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari.
2-mavzu. Zamonaviy kompyuterlar, ularning arxitekturasi, apparat va dasturiy ta’minoti.
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari, qo‘shimcha qurilmalari, monitor, klaviatura, tizimli blok, mikroprotsessor, joriy xotira, qattiq magnitli disk, printer, sichqoncha, modem, kompakt disk uchun disk yurituvchi, skaner, strimer, ovozli xarita, kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti.
3-mavzu. Operatsion tizimlar va ularning turlari.
MS DOS, Windows XP, Vista, Linux, Unix, OS/2, Android va boshqa opеratsion tizimlar, ularning turlari, imkoniyatlari va qiyosiy tahlili.
4-mavzu. Pythonga kirish. Python dasturlash tili va sintaksisi. Pythonda dasturlash asoslari.
Python dasturlash tili. Python dasturlash tilini oʻrnatish. IDLE bilan tanishish. Python dasturlash tilida xatoliklar. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari. Python dasturlash tili sintaksisi. Pythonda o‘zgaruvchilar. Python operatorlari. Python dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar tuzish.
5-mavzu. Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi.
Elektron jadval muharrirlari va ularning imkoniyatlari. MS Excelda jadvallar yaratish, hisobotlar tayyorlash, matematik hisob ishlarini bajarish, statistik ma’lumotlarni tayyorlash, satrli ma’lumotlarni qayta ishlash.
6-mavzu. Multimedianing asosiy tushunchalari. Multimediali ilovalar yaratish texnologiyalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash.
Multimediali ilovalar yaratishga mo‘ljallangan dasturiy vositalarning imkoniyatlari, ular asosida online va offline ilovalar yaratish. Audio va video axborotlar qayta ishlash.
7-mavzu. Kompyuter grafikasi va ularning turlari. CorelDraw va Adobe Photoshop dasturi imkoniyatlari.
Grafika tushunchasi, passiv va interaktiv grafika, rastrli, vektorli va fraktal grafika, CorelDraw va Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti: asosiy menyu, instrumentlar paneli, ranglar palitrasi, hujjat oynasi, chop etish sohasi. Grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlash.
8-mavzu. 3D grafik muharriri interfeysi va 3D model transformatsiyasi.
3D grafik muharrirlari va ularning imkoniyatlari. Blender dasturi interfeysi. Blender dasturida sahnani boshqarish. Blender dasturida 3D modelni tahrirlash.
9-mavzu. Virtual laboratoriyalar va ular bilan ishlash.
Virtual laboratoriya yaratuvchi dasturlar. Sodda virtual laboratoriya yaratish bosqichlari. Sohaga oid virtual laboratoriya yaratish.
10-mavzu. Internet tarmog‘i va uning tashkil etilishi.
Internet tarmog‘ining vazifasi, brauzer dasturilaridan foydalanish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va boshqa internet xizmatlaridan foydalanish.
11-mavzu. Web - sahifa yaratish texnologiyalari.
Web-sayt yaratish texnologiyalari. Web-sahifa, web-sayt, web-server tushunchalari. HTML, ASP, PHP, JSP tillari va ularning imkoniyatlari. Web-saytlarning turlari. Gipermatn tushunchasi. Web-saytlar yaratuvchi dasturlar tasnifi: gipermatnlarni belgilash tillari, web dasturlash tillari, web-muharrirlar.

Yüklə 53,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin