O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida 
qurilish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida 
ayrim qurilish vazirliklari tugatildi. Masalan, O'zsanoatfuqaroqurilish, O'zqishloqxo'jalik qurilishi, 
O'zkolxoz qurilishi, O'zsuvqurilishidavlat kontsemi va hokazolar tugatildi. Mulkchilikning turli 
shakllariga o'tkazilgan 
ixtisoslashgan davlat kontsernlari, kompaniyalar, davlat-aktsiyadorlik 
birlashmalari, uyushmalar 
tashkil etildi. Ulaming eng yiriklari: «O'zsanoatxo'jalikqurilish» 
koфoratsiyasi, «O'zmontajmaxsusqurilisb) uyushmasi, «O'zdexqonchilikquriUsb), «O'zjamoa-
xujalikqurilish» davlat-shirkat birlashmalari, «Toshkent-uyjoyinvestqurilish» korporatsiyasi va 
boshqalar. Suv xo'jaligi va meliorativ ishlami «O'zsuv-qurilish» davlat kontsemi olib boradi. 
«O'ztransqurilish», «O'zavtoyo'l» kontsemi. Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish 
ishlarini bajaradi. Bu tashkilotlar Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega 
bo'lgan katta qurilishlami olib bormoqda.
Masalan,«0'zsanoatxo'jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublikada sanoat qurilishi, uy-
joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob'ektlami qurish bilan shug'uUanadi. Qurilish tashkilotlari, 
qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlami ixtiyoriy 
asoslarda birlashtiradi.
Qurilish industriyasi 
negizini 
davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo'shma 
va 
boshqa pudrat 
qurilish-montaj tashkilotlari, 
shuningdek o'z moddiy- texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali 
ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo'lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo'jaliklar 
tashkil etadi. O'zbekistonda ko'plab qurilish- montaj trestlari, qurilish sanoati korxonalari, quyi pudrat 
tashkilotlari, kichik korxonalar, loyiha, ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot 
institutlari faoliyat ko'rsatadi. Qurilish- montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan 
qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
Qurilish tashkilotlari - bu ixtisoslashtirilgan koфoratsiya, kompaniya, birlashma, trestlar va 
boshqarmalarga uyushgan.
Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati 
tashkil etadi. Respublikada qurilish materiallarini ishlab chiqarish, ulaming tur xilini ko'paytirish 
yildan-yilga ortib bormoqda. Respublikada mahalliy xom ashy о resurslaridan beton uchun sun'iy 
engil to'ldiruvchilar (keramzit, agloporit), issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish yo'lga 
qo'yilgan. Qurilishda polimer materiallar, plastmassa mahsulotlari, linoleum, polietilen quvurlar, 
sintetik smolalar asosidagi lak va buyoqlar tobora ko'proq qo'Uarulmoqda.
Qurilish industriyasida yig'ma temir-beton konstruktsiyalari va detallaridan ko'proq 
foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari, 
zinapoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar pay do bo'ldi. Binolaming 
zilzilabardoshligi ta'minlangan. Qishloq joylarida loyihalash-qurilish tamoyillari o'zgardi. Imoratlarni 
tiklashda engil konstruktsiyalar ko'proq qo'llanilmoqda, xo'jaliklar qo'rg'onlarini qurishda uy-joylar 
bilan bir paytda madaniy- maishiy muassasalar, ishlab chiqarish binolari kompleks foydalanishga 
topshirilayapti.
O'zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni Ьафо etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita qurilish 
bilan bog'liq.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin kapital qurilishi yangi dastur asosida davom 
ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa 
sanoat tarmoqlarida yangi korxonalami qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-
joy lar, madaniy- maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, kasalxona, mahalla 
markazlari, masjidlar qurildi, o'nlab me'moriy komplekslar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar, 
masjidlar ta'mirlandi. Toshkentda «Turkiston» saroyi, Milliy bank binosi, «Navro'z» restorani,
72


Amir Temur, Mirzo Ulug'bek haykallari va xiyobonlari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog', 
Andijonda Bobur bog'i va muzeyi, Farg'onada «Ramziy darvoza» barpo etildi, Samarqand 
viloyatining Urgut shahrida keng ko'lamda qurilish ishlari olib borildi; Olmaliq kon- metallurgiya 
kombinati, Toshkent traktor zavodi, Parkent «Quyosh» majmuasi (Toshkent viloyati), Toshkent 
«Zenit» zavodi, Angren rezina-texnika buyumlari zavodi, respublika banklari asostsiatsiyasining 
binosi, Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Uchqo'rg'on - Namangan SUV 
quvuri, §azalkent oyna zavodi va boshqa ko'ngina ob'ektlar qurildi.
Qurilish sohasida 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin