qo'yilmalaming taqsimlanis hi bilan chambarchas bog'liq bo'lishi kerak. Kapital qo'yilmalarga
bo'lgan talab zarur bo'lgan ishlab chiqarish quvvatlari, asosiy fondlarni ishga tushirish asosida
aniqlanadi.
Talab ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sarflari bo'yicha alohida aniqlanadi. Ishlab chiqarish sohasida kapital qo'yilmalarga bo'lgan talab alohida bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan
tarmoqlarda va nomenklaturasi keng bo'lgan tarmoqlarda hisoblanadi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarda
kapital qo'yilmalar hajmi quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
bu erda:
K- kapital qo'yilmalar;
Kud- kapital qo'yilmalaming salmog'i (ya'ni bir birlik quvvatni o'sishini
ta'minlovchi kapital qo'yilmalar);
AK- Yangi qurilish va kengaytirish hisobiga quvvatlaming o'sishi, ya'ni
quvvatlarga bo'lgan qo'shimcha ehtiyoj.
Kapital qo'yilmalar hajmiga bo'lgan umumiy talab harakatdagi quvvatlarni ishga tushirishga,
texnik jihatdan qayta qurollanishiga, yangi ishlab turgan korxonalami kengaytirish, prognozlashtirish
davrda kiritilgan hamda avval ishga tushirilgan obektlar ishlarini tamomlash va prognozlashtirish
yilining oxirida qurilish zadelini tashkil etish uchun kapital qo'yilmalarni summasi sifatida aniqlanadi.
Noishlab chiqarish sohasidagi tarmoqlarda kapital qo'yilmalarga bo'lgan talab shu soha
korxonalari sonini kengaytirish va kapital qo'yilmalar salmog'iga bo'lgan talab asosida aniqlanadi.
Masalan,
savdoda savdo maydonining o'sishi va kapital qo'yilmalar salmog'i asosida,
tabobatda kasalxonalardagi o'rinlar sonining o'sishi va kapital qo'yilmalar salmog'i asosida va hokazo.
76
Kapital qo'yilmalarning
asosiy manbai milliy daromadning jamg'arma fondi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kapital qo'yilmalarning asosiy