§ 3. Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan davlat boshqaruv organlari
quyidagicha:
1.
O'zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo'li bilan tayinlanadigan Prezident (1- ilova).
2.
Umumxalq saylovi yo'li bilan saylanadigan - Oliy majlis deputatlari,01iy Majlisi sessiyasi,
shu oraliqda Oliy Majlis Prezidiumi, tegishli hay'at va qo'mitalari (2- ilova).
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - uning raisi Prezident hisoblanadi (3-ilova).
Bulardan tashqari
huquqiy organlar mavjud bo'lib, bular qatoriga O'zbekiston
Konstitutsion nazorat qo'mitasi, Konstitutsion sudi, O'zbekiston Respublikasi
Oliy sudi, O'zbekiston Rspublikasi
Prokuraturasi,
Davlat Arbitraji kiradi. Bevosita iqtisodiy boshqaruvga oid davlat mahkamalari
mavjud bo'lib, ular boshqaruv oliy organlarining uchalasida ham mavjud. Prezident devonida iqtisodiy
masalalar bo'yicha Davlat maslahatchisi mavjud. Ushbu shaxs davlatning iqtisodiy strategiyasini
ishlab chiqishda iqtisodiy qo'mita va bo'limlarni ham nazorat qiladi.
Oliy Majlis va uning Prezidiumi tarkibida ham iqtisodiyotga oid qonunlami ishlab chiqadigan,
shunga oid masalalarni Oliy Majlis sessiyalari kun tartibiga kiritadigan bir necha qo'mitalar mavjud.
Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan, davlat iqtisodiy siyosatini hayotga tadbiq etadigan
boshqaruv bo'g'inlarining asosiylari
quyidagilar hisoblanadi. Bosh vazir, Iqtisodiy va ijtimoiy
masalalar bo'yicha bosh vazir o'rinbosari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika
qo'mitasi, O'zbekiston Markaziy va Milliy banklari, Xalq jamg'arma banki, Davlat boj, soliq va
xususiylashtirish qo'mitalari, barcha vazirliklarning iqtisodiy boshqarmalari va hokimliklar (4, 4.1, 4.2,
4.3 -ilovalar).