kunduzdagi quvvati esa 4,0 mln. m'' dan oshiqni tashkil etadi. Kanalizatsiya-sanitariya inshootlari
orqali 1,39 mlrd. m'' oqava suv o'tkaziladi.
Mustaqillik yillarida respublika shahar va ayniqsa qishloqlarini
gazlashtirish ustivor davlat
siyosatiga aylandi.
Respublikaning shahar, shaharcha va qishloqlarida uzunligi 65,2 ming km dan
ortiq yakka tortilgan gaz shoxobchalari mavjud. Jumladan 23,9 ming km dan ortiq er osti gaz quvuri,
27,5 ming gaz taqsimlash punkti (shundan 1573 tasi ko'chmas) ishlab turibdi. 3,38 mln. xonadon tabiiy
gaz bilan ta'minlangan, bu umumiy xonadonlaming 70%ga yaqinini tashkil etadi. Binolami isitish
sohasida 935 gaz bilan ishlaydigan bug' qozonlari va 3671 ming km uzunlikdagi issiqlik tarmog'i
ishlab turipti.
Respublika kommunal xo'jaligining yana bir muhim tarmog'i - shahar, shaharcha va tuman
markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va suyuq chiqindilarni o'z vaqtida yig'ish va ulami
chiqindi maydonlariga olib borish zararsizlantirishdir. Bu xizmatll3 shahar, 97 shaharchada yo'lga
qo'yilgan. Umumiy maydoni 930 gektar bo'lgan 173 chiqindi zararsizlantiriladigan maydonlar bor.
Yiliga 11 mln. m'' qattiq va 5 mln. m'' suyuq chiqindi yig'iladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va
mexanizmlar (ko'cha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiydigan, kanalizatsiya va kir o'ralar ini
tozalaydigan va boshqalar) orqali chiqindixonlarga tashiladi. Yirik shaharlar - Toshkent, Andijon,
Buxoro, Namangan, Uchqo'rg'on, Farg'ona va boshqalarda maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor.
Kommunal xo'jalik tarmog'ida uy-joylar, ijtimoiy, madaniy- maishiy inshootlar, muhandislik tizimlarini
kapital ta'mirlash korxonali mavjud. Tarmoqdagi sanoat korxonalan sanitariya-texnika buyumlari,
sanoat gaz jihozlari, nostandart buyumlar, kichik mexanizatsiya vositalari va xalq iste'moli mollarini
ishlab chiqaradi. Gaz apparatlari zavodi - Toshkentdagi "Gazavtomatika", Farg'onadagi
"Gazapparatlar", Angrendagi tajriba mexanika zavodlarining mahsulotlari MDH mamlakatlariga ham
chiqariladi.
Respublika Prezidentining Farmoniga asosan (19 dekabr 2000 yil)
Dostları ilə paylaş: