O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


yakka tartibda biznes bilan shug'ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

yakka tartibda biznes bilan shug'ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi;
-
yakka iste'molchilar, iste'molchilar birlas hmalari; 
-
davlatning iqtisodiy idoralari kiradi.
Biznesning eng asosiy jihati tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik biznesi 
- bu mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish orqali daromad topishni ko'zlovchi faoliyatdir. Shunga ko'ra u 
ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilishni o'z ichiga oladi.
Biznesga bozor orqali talab-ehtiyojni qondiruvchi faoliyat ham kiradi. Iste'molchilar 
(xaridorlar)ning biznesda ishtirok etishdan manfaati tovar va xizmatlarni sotib olishlaridir. 
Tadbirkorlik biznesidan farqliroq iste'molchi biznesida hamma fuqarolar qatnashadi, ularning talab-
ehtiyojlarini bozor orqali qondirish zarurati faol tadbirkorlikni talab qiladi. 
Tadbirkorlarning o'zlari: 
birinchidan, 
inson sifatida hayot kechirish uchun iste'molchi biznesiga kirishadilar; 
ikkinchidan, 
ular 
ishlab chiqaruvchi sifatida resurslarni xarid etib ishlatadilar, o'z tovarini sotadilar. 
Tadbirkorlik 
biznesning bir qis mi, u tovarlar ishlab chiqaris h va xizmatlar ko'rsatish yo'li bilan daromad 
topishdir. 
Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yo'l bilan, masalan, 
pul yoki qimmatbaho 
buyumlarni bankka qo'yib, daromad topish yoki erni ijaraga berib pul topis h kabilar ham 
kiradi, lekin bu faoliyat sohalarida yaratuvchilik yo'q, ya'ni hech bir narsani yaratmay, u 
boylikdan boylik undirishdan iborat, xolos.
Biznes
munosabatining
ikkita
asosiy
 
talabi
 
bor:
Birinchidan, 
biznes ishtirokchilari suverinitetga, mustaqillik, erkinlikka ega bo'lishlari shart. Ammo 
bu biznes sub'ektlarining mustaqilligi bilan cheklanmaydi, balki har bir sub'ektning boshqa sub'ekt, 
ya'ni o'zi aloqa qiladigan sub'ekt manfaatlari bilan hisoblashish, uning niyatlarini va xatti- 
harakatlarini
bilish
va
to'g'ri
tushunishni
ham
talab
qiladi.
Boshqalarni
nazar-
pisand qilmagan erda haqiqiy biznes bo'lmaydi. Sub'ektlarning biznes yuzasidan bo'lgan munosabatlari 
belgilangan tartib-qoidalar doirasida bo'ladi va buni davlat nazorat qiladi. 
Ikkinchidan, 
biznes 
aloqalaridagi sub'ektlar manfaatlarining murosali munosabatda bo'lishi talab qilinadi. Murosa
98


ish yuzasidan bir-biri bilan aloqa qiluvchilar o'zaro majburiyatlarini kanda qilmay bajarishlarini, xatti-
harakatlari har ikki tomonga zarar keltirmasligini ulaming suverinitetini buzilmasligini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik iqtisodiyotning 
harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin